Luchchak shaftoli

Luchchak shaftoli – pusti tuksiz va silliq shaftoli navlarining umumiy nomi. Ularga sariq luchchak, qizil luchchak, O’zbekiston 50 yilligi (nektarinlar guruhi), Lola va boshqa navlar kiradi. Luchchak shaftoli mevasi, asosan, iyul— avgustda pishadi. Og’irligi 55-90 gramm, aksariyati dumaloq, sariq, qizil, to’q qizil, zarg’aldoq, kungay tomoni taram-taram. Po’sti yupqa, eti oq, sargish, muloyim, sersuv, sal nordon, xushxo’r, danagidan oson ajraladi. Mevasi, asosan, yeyiladi, konserva, qoqi qilinadi. Ko’chati o’tqazilgach, 2-3-yili hosilga kiradi. 5-6 yoshlik daraxtidan 50-80 kilogramm hosil olinadi.