Ludhiana
Ludhiana — Hindistonning shimoliy qismidagi shahar. Satlaj darsi bo’yida. Aholisi 1,4 million kishidan ziyod (2001). Panjob shtatining savdo-sotiq markazi. Transport yo’llari tuguni. To’qimachilik, metallsozlik sanoati rivojlangan. Mashinasozlik, oziq-ovqat sanoati korxonalari, qishloq xo’jaligi universiteti (1962) bor. Faner, gurt, mebel, charm buyumlar ishlab chiqariladi. Qo’lda gazlama, gilam to’qiladi, fil suyagidan badiiy buyumlar ishlanadi, kashta tikiladi.
O‘xshash so‘zlar
- Ludlov yarusi, Ludlou
- LUDOLF SONI
- Lug’at
- LUGANO
- Lugansk
- Lugansk viloyati
- Lugovskoy Vladimir Aleksandrovich
- Luhrosp











