Lagos
Lagos — Nigeriyadagi shahar. Lagos shtatining ma’muriy markazi. Atlantika okeanining Gvineya qo’ltig’idagi Benin qo’ltig’i sohili va unga yondosh orollarda joylashgan. Aholisi 1,5 million kishi (1990-yillar oxirlari). Lagos mamlakatning yirik siyosiy, iqtisodiy va ma’muriy markazi. Mamlakatning eng muhim porti. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. 15-asr oxirida hozirgi Lagos o’rniga portugallar kelib o’rnashgan. 1861 yilda ingliz mustamlakachilari egallagan. 1914-60 yillarda ingliz mustamlakasi bo’lgan Nigeriyaning ma’muriy markazi. 1960-92 yillarda Nigeriya poytaxti. Mamlakat sanoatining 1/2 qismi Lagosda to’plangan. Oziq-ovqat, to’qimachilik, metallsozlik va boshqa sanoat korxonalari, radioapparaturalar zavodi, kemasozlik va kema verfi, universitet (1862), milliy muzey, kutubxona bor.