APLIT

APLIT (Yunoncha haploos — sodda) — magmatik ertomir tog’jinsi. Mayda donali, och rangli, bir tekis kristallangan minerallar (kvars, ishqorli dala shpati, ba’zan nordon plagioklazlar) dan iborat. Aplit paydo bo’lish jarayoni jihatidan, asosan, yer po’stining chuqur qismidagi granit bilan bog’liq. Shuning uchun granit- Aplit deb ham ataladi. Aplit ba’zan yerning chuqur qismida boshqa jinslar bilan birga uchraydi. Bunday Aplit larni diorit- Aplit, sienit- Aplit va boshqa nomlar bilan ham ataydilar. Aplit asosan kvars va ortoklazdan iborat. Keramika sanoatida ishlatiladi.