APOXROMAT

APOXROMAT (Yunoncha aro — bu yerda kichraytirishni bildiradigan Odd qo’shimcha va chroma — rang) — kuzatilayotgan narsaning ob’yektiv optik o’qida yotgan nuqtasidan kelayotgan nurlarning xromatik aberrasiyasi (buyumning bo’yalib ko’rinishi) ni axromatik ob’yektivlarga qaraganda to’laroq bartaraf qiluvchi optik tizim (ob’yektiv). Apoxromat ob’yektivlar optik o’qqa cheksiz yaqin nurlarning aniq bir nuqtaga tushishini ta’minlaydi.