ARAGVI

ARAGVI — Gruziyadagi daryo. Kuraning chap irmog’i. Uzunligi 66 kilometr, havzasining maydoni 2740 kilometr kvadrat. O’rtacha suv sarfi 55 m3/sek. Oq Aragvi va qora Aragvi soylarining qo’shilishidan hosil bo’ladi. Aragvi vodiysidan Gruziya harbiy yo’li o’tgan. Quyilish joyida Mtsxeta shahri joylashgan.