ABDULMALIK IBN NUH kim bo’lgan?
ABDULMALIK IBN NUH (944-961) — Somoniylar amiri (954-961). Otasi Nuh ibn Nasr vafotidan keyin o’n yoshida taxtga o’tiradi. Nuh ibn Nasr davrida buvayhiylar bilan boshlangan urush Abdulmalik Nuh davrida (956) yarash bilan yakun topadi. Abdulmalik Nuh davrida davlatni idora qilishda lashkarboshilarning mavqei baland bo’lgan. Mas, buyuk hojiblik mansabiga tayinlangan Alpteginning obro’si oshib ketganidan xavfsirab, uni mansabidan chetlatmoqchi bo’lgan, biroq uddasidan chiqa olmagan. Abdulmalik Nuh chavgon o’ynab turib, otdan yiqilib halok bo’ladi.
O‘xshash so‘zlar
- ABDULMALIK kim bo’lgan?
- ABDULMALIK (katta to’ra) kim bo’lgan?
- ABDULMANNON KOTIB Abdulvahhob o’g’li kim bo’lgan?
- ABDULMO’MINXON kim bo’lgan?
- ABDULQODIR ibn Sayid Abdulvahhob kim bo’lgan?
- ABDUMAJIDOV G’afur kim bo’lgan?
- ABDUMALIKOV Shuhrat Ravshanovich kim bo’lgan?
- ABDUNABIYEV Abdulla G’ulomovich kim bo’lgan?











