ABDUQODIR NAYCHI Ismoilov kim bo’lgan?
ABDUQODIR NAYCHI Ismoilov (1888, Qo’qon — 1951.22.2, Toshkent) — sozanda. O’zbekiston xalq artisti (1941). 13 yoshidan otasi Ismoil Naychidan Tanavor, yovvoyi Chorgoh, Dugoh, Suvora, Sarbozcha, Mirzadavlat, Ajam yo’llarini o’rgangan. “Sayyor truppa”da Ahmadjon Qo’shnay, Yusuf Qiziq, Muhiddin Qoriyoqubov, Tamaraxonim, Usta Olim kabi san’atkorlar safida bo’lgan. 1926 yilda tashkil etilgan “Etnografik truppa” safida bo’lib, ansamblning 1927 yilgi Rossiya va Kavkaz gastrollarida qatnashgan. 1928 yilda Samarqand musiqa va xoreografiya ilmiy tadqiqot institutida, keyin O’zbek musiqa teatrida (1929-35) ishlagan. 1935 yildagi xalqaro raqs festivalida (London) qatnashgan va oltin medalga sazovor bo’lgan. O’zbek adabiyoti va san’ati dekadasi (1937 yil) da va 1930 yildagi teatr Olimpiadasida ishtirok etgan. Xalq kuylari va mumtoz o’zbek cholg’u kuylarini fonografga yozdirgan. S. Kalonov, A. Qodirov, D. Soatqulov kabi yetuk naychilarga ustozlik qilgan.
O‘xshash so‘zlar
- Abduqodir
- ABDUQODIR CHALDIVOR kim bo’lgan?
- ABDUQODIR SHUKURIY Abdushukur o’g’li kim bo’lgan?
- ABDUQODIR MUHANDIS, Abduqodir Boqiyev kim bo’lgan?
- Abduqodir Shakuriy (1875-1943) kim bo’lganini bilasizmi?
- Abduqodir Hayitmetov (1926-2005) kim bo’lganini bilasizmi?
- ABDUQUNDUZOV Muhammadali kim bo’lgan?
- ABDURAHIM NIZORIY kim bo’lgan?











