ABISSAL TEKISLIKLAR haqida nimani bilasiz?
ABISSAL TEKISLIKLAR – chekka dengizlarning okean soyliklari va botiqlaridagi chuqur suv osti yassi va sertepa tekisliklari. Okean qa’ri va o’tish zonasida keng tarqalgan: yassi Abissal tekisliklar okean va chekka dengiz soyliklarining chetki qismlariga to’g’ri keladi. Sertepa Abissal tekisliklar okean tubining katta qismini egallaydi. Yassi Abissal tekisliklar Atlantika okeanida ko’p tarqalgan. Sertepa Abissal tekisliklar relyefining parchalanganligi bilan ajralib turadi. Sertepa Abissal tekisliklar Hind va tinch okeanlarida Atlantika okeaniga nisbatan ko’proq uchraydi.
O‘xshash so‘zlar
- Abissal yotqiziqlar
- ABISSAL haqida nimani bilasiz?
- ABISSINIYA haqida nimani bilasiz?
- ABISSAL YOTQIZIQLAR haqida nimani bilasiz?
- ABITURIENT
- ABJAD haqida nimani bilasiz?
- ABJALILOV Xalil Galiyevich kim bo’lgan?
- ABKAYK











