ABJALILOV

ABJALILOV Xalil Galiyevich [1896.17(29)9 – 1963.18.3] – tatar aktyori. Aktyorlik faoliyatini “Shirkat” truppasida (1916) boshlagan. Orenburgda “Sharq teatri” ga asos soldi (1919). 1920-23 yillarda Buxoro va Xivada o’zbek havaskor teatrlarini tuzishda katnashdi. 1928 yildan Sh. Kamol nomidagi teatr (Qozon)da ishladi. Xalil (Sh. Kamol, “Qarg’a inida”), Xo’ja Nasriddin (Isanbet, “Xo’ja Nasriddin”), Hofiz (Battol, “Ro’molga bitilgan maktub”), Qirol Lir (U. Shekspirning shu nomli asari) kabi yirik rollarni ijro etgan. Abdujalilov 1924-27 yillarda o’zbek kinostudiyasi filmlarida qatnashgan.