ANGREN QURILISH MATERIALLARI KOMBINATI
ANGREN QURILISH MATERIALLARI KOMBINATI — turli qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxona. “O’zqurilishmateriallari” aktsiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiradi. 1947 yilda ishga tushirilgan. Angren qurilish materiallari kombinati kaolin, tsement, maydalangan glej va kul-shlak kabi qurilish materiallari ishlab chiqaradi. Korxonada har yili o’rtacha 30 ming tonna tsement, 120 ming tonna glej, 5 ming tonna boshqa qurilish materiallari tayyorlanadi. Kelgusida yangi texnika va texnologiyalar joriy etish orqali 4 xildagi rangli tsement ishlab chiqarish ko’zda tutilgan.
O‘xshash so‘zlar
- ANGREN
- ANGREN GRES
- ANGREN KO’MIR KONI
- ANGREN SURATLAR GALEREYASI
- ANGREN OLTIN BOYITISH FABRIKASI
- Angren shahri haqida eshitganmisiz?
- ANGREN «KULOL» AKTSIYADORLIK JAMIYATI
- ANGREN «SANOATKARTONSAVDO» AKTSIYADORLIK JAMIYATI











