AVAZ MUHAMMAD INOQ
AVAZ MUHAMMAD INOQ, Avazbiy (1782-1804) — Muhammad Amin inoqning o’g’li. Inoqlardan. Xiva xoni (1790 yildan). Avaz Muhammad Inoq hukmronligi davrida Xiva xonligini iqtisodiy jihatdan mustahkamlash borasida ko’p ishlar qilingan, Xivada katta hajmdagi qurilish ishlari bajarilgan [masalan, Xivadagi Juma masjidi va minorasi (1789) qayta qurilgan].
O‘xshash so‘zlar
- Avaz
- AVAZOV
- Avazoy
- AVAZXON
- AVAZ O’TAR
- AVAZ O’TAR UY-MUZEYI
- AVAZOVA SHUKURZYA AVAZOVNA
- AVAZOV BAHROM BEKNAZAROVICH











