AVSTRALIYA ALP TOG’LARI
AVSTRALIYA ALP TOG’LARI – Avstraliyaning Janubiy-sharqidagi katta suvayirg’ich tizmaning eng baland va parchalangan qismi. Uzunligi qariyb 400 km, eni 150 km. Granit intruziyalari bo’lib-bo’lib yuborgan paleozoy jinslaridan tashkil topgan. Balandligi 2230 metrgacha (Kossyushko tog’i, materikning eng baland cho’qqisi). Baland tog’larda to’rtlamchi davr muzliklarining izlari saqlangan. Tog’larning shimoliy-g’arbiy yon bag’ridan Avstraliyaning eng katta daryosi — Murrey boshlanadi. Avstraliya Alp tog’lari 1200 metr balandgacha evkalipt, daraxtsimon paporotnik o’rmonlari bilan qoplangan. Undan balandda qing’ir qiyshiq daraxtlar, butazorlar va Alp o’tloqlari bor.
O‘xshash so‘zlar
- AVSTRALIYA
- Avstraliya
- AVSTRALIYALIKLAR
- AVSTRALIYA TILLARI
- AVSTRALIYA MERINOSI
- AVSTRALIYA G’O’ZASI
- AVSTRALIYA PLATFORMASI
- AVSTRALIYA FLORISTIK DUNYOSI






