AXVIRPAT nima deganini bilasizmi?
AXVIRPAT — Sug’dda 5 — 8- asrlarda mavjud bo’lgan ijtimoiy atama. Hokimlarning sayisxona (otxona)si nozirini anglatgan. Ma’lum vaqtlarda Axvirpatlar siyosiy hayotda ham faol ishtirok etganlar. Masalan, Sug’dning bir qismi — Qashqadaryo vohasida 7 – asrga oid “axvirpat” so’zi yozilgan tangalar ham zarb qilingan. Axvirpat atamasi o’rta asrlardagi miroxo’r atamasi bilan almashgan. Mug’qal’a hujjatlarida Axvirpatga 50 draxma miqdorida maosh belgilanganligi qayd etilgan.
O‘xshash so‘zlar
- AY-PETRI
- AYAG’UZ qanaqa daryoligini bilasizmi?
- AYAG’UZ qanaqa shahar?
- AYAMAJUZ haqida nimani bilasiz?
- AYB
- AYB E’LON QILISH
- AYBINI BO’YNIGA OLISH TO’G’RISIDAGI ARZ
- AYBLANUVCHI











