FARASMAN
FARASMAN — Xorazm podshosi (miloddan avvalgi 4-asr). Farasman haqida uzuqyuluq ma’lumotlar saqlanib qolgan. Miloddan avvalgi 328 yil makedoniyalik Aleksandrning O’rta Osiyoga yurishi chog’ida Farasman 1500 kishilik otliq qo’shini bilan Aleksandrning qarorgohi joylashgan Baqtra shahriga kelgan va u bilan ittifoqchilik bitimi tuzgan. Farasman Aleksandrga Shim. Qora dengiz soqillariga, u yerdan Kolxidaga birgalikda harbiy yurish uyushtirishni taklif qilgan, biroq uning loyihasi qabul qilinmagan.
O‘xshash so‘zlar
- FARD
- FARENGEYT
- FARER OROLLARI
- FARER TILI
- FARERLIKLAR
- FARG’ONA
- FARG’ONA “AZOT” ISHLAB CHIQARISH BIRLASHMASI
- FARG’ONA FURAN BIRIKMALARI KIMYO ZAVODI





