FARENGEYT
FARENGEYT (Fahrenheit) Gabriel Daniyel (1686-1736) — nemis fizigi. Buyuk Britaniya va Niderlandiyada ishlagan. Spirtli (1709) va simobli (1714) termometrlar yasagan. O’z nomi bilan ataladigan temperatura shkalasini taklif qilgan. Unda umum qabul qilingan tayanch nuqtalari normal ATM. bosimida muzning erish nuqtasi bilan suvning qaynash nuqtasi orasida temperatura intervali 180 bo’lakka — Farengeyt gradusi (°G’) ga bo’lingan. Muzning erish nuqtasi Farengeyt shkalasida 32°G’, suvning qaynash nuqtasi 212° G’deb olingan.
O‘xshash so‘zlar
- FARER OROLLARI
- FARER TILI
- FARERLIKLAR
- FARG’ONA
- FARG’ONA “AZOT” ISHLAB CHIQARISH BIRLASHMASI
- FARG’ONA FURAN BIRIKMALARI KIMYO ZAVODI
- FARG’ONA HALQA AVTOMOBIL YO’LI
- FARG’ONA KIMYOVIY TOLALAR ZAVODI





