GEDIMIN
GEDIMIN, Gediminas (? – 1341) Litvaning buyuk knyazi (1316 yildan). Litva buyuk knyazi Vitenning ukasi (1293 — 1315). Gedimin nemis risarlarini ko’p mag’lubiyatga uchratgan. Tver buyuk knyazligi bilan birgalikda Moskva Knyazligining birlashtirish siyosatiga qarshi turgan. 13-asrda Litva feodallari tomonidan boshlangan g’arbiy rus yerlarini bosib olishni davom ettirgan.
O‘xshash so‘zlar
- Gedin Sven Anders
- Gedonizm
- Gefest
- Gegel (Hegel) Georg Vilgelm Fridrix
- Gegelchilik
- GEGEMONLIK
- GEGENBAUR
- Gekatey miletlik











