IVANOVO
IVANOVO (1932 yilgacha Ivanovo- Voznesensk) — Rossiya Federatsiyasidagi shahar (1871 yildan), Ivanovo viloyati markazi. Uvod daryosi (Klyazma irmog’i) sohilida. Temir yo’l tuguni. Aholisi 472 ming kishi (1994). Shahar 19-asrning oxiridan O’rta Osiyoning arzon paxta xom ashyosi asosida to’qimachilik sanoatining yirik Markaziga aylandi. Mashinasozlik, yengil, kimyo, yog’ochsozlik sanoati korxonalari mavjud. 7 oliy o’quv yurti (shu jumladan universitet), 3 teatr, o’lkashunoslik, chit va badiiy muzeylari, filarmoniya bor.
O‘xshash so‘zlar
- IVANO-FRANKOVSK
- Ivanovo viloyati
- IVANOV PLATON IVANOVICH
- IVANOV ALEKSEY IVANOVICH
- Ivano-frankovsk viloyati
- IVANOV SERGEY NIKOLAYEVICH
- IVANOV ALEKSEY NIKOLAYEVICH
- IVANOV KONSTANTIN VASILEVICH





