KALLIKRAT
KALLIKRAT (Kallikrates) – yunon me’mori. Miloddan avvalgi 5-asr o’rtalarida Afinada ishlagan. “Afinaning uzun devori” deb nomlangan qurilishda (miloddan avvalgi 457-445 yillarda) qatnashgan. Afina akropolidagi Parfenon (Iktin bilan hamkorlikda, miloddan avvalgi 447-438) va Ioniy orderidagi nafis Nike Apteros ibodatxonasi (loyihasi miloddan avvalgi 449 yil boshlanib, 420 yilda tugallangan)ni qurgan.
O‘xshash so‘zlar
- KALLISTO
- Kallyus, kallus
- Kalman (Kalman) Imre
- Kalmaraz, o’simliklar kalmarazi, parsha
- Kalmarlar
- Kalobodiy
- Kalom
- Kalomel


