Kapisa qonuni
Kapisa qonuni – kuchli magnit laydonida polikristall metall namunalari elektr qarshiligining magnit maydoni kuchlanganligiga bog’liqligi haqidagi empirik qonun. Kapisa qonuniga binoan, polikristall metall namunalarining elektr qarshiligi kuchli magnit maydonida magnit maydoni kuchlanganligiga proportsional ravishda chiziqli orta boradi. Bu qonunni 1928 y.da P. L. Kapisa 350 ming e kuchlanganlik impulsiga ega bo’lgan magnit maydoniga joylashtirilgan Si, Ai, va Ag namunalarida kuzatdi. Tajribalar mis, kumush, oltin monokristallari elektr qarshiligining hamma kristallografik yo’nalishlari bo’yicha olingan o’rtacha qiymati har xil maydonlarda chiziqli ortishini, ya’ni Kapisa qonuniga bo’ysunishini tasdiqladi.