Kredit

Kredit (lot. creditum — qarz, credo — ishonaman) — pul mablag’lari, tovar va xizmatlarni kelishilgan ustama (foiz) to’lab qaytarib berish sharti b-n ma’- lum muddatlarga qarzga berish. Qarzga mablag’beruvchi tomon kreditor (davlat, bank, korxona, xususiy shaxs va b.), SSU- da oluvchi tomon esa debitor (qarzdor) deyiladi. Kredit kelishuvi qarzdan foydalanish shartlari kayd etilgan shartnoma b-n rasmiylashtiriladi. K. muomalasi qarz beruvchi va qarz oluvchi o’rtasidagi iqtisodiy munosabatdir. Le- kin har qanday qarz munosabati ham K. bo’la olmaydi. K. munosabatida olingan mablag’qaytarib berilishi, foydala- nilgani uchun haq (kelishilgan foizda) to’lanishi, muddatli, ma’lum tovar va nomoddiy aktivlar b-n ta’minlangan bo’lishi, maqsadli ishlatilishi shart. Berilishi muddatlariga ko’ra, qisqa muddatli (1 yilga qadar), o’rta muddatli (1yildan 5 yilgacha), uzoq, muddatli (6 yildan ortiq) K.ga bo’linadi. K.ning tijorat, bank, davlat, iste’ – mol, xalqaro, ipoteka va b. shakllari bor. Tijorat K.i — bir xo’jalik yuri- tuvchi sub’ekt tomonidan beriladi va, odatda, veksel b-n rasmiylashtiriladi. Bank K.i — jismoniy va yuridik shax- slarga pul shaklida banklar tomonidan beriladi. Bank kreditining forfey- Ting, faktoring, xaridorga qarz berish kabi ko’rinishlari bor. Davlat K.i — davlatning qarz beruvchi va qarz oluvchi sifatida ishtirokini nazarda tutadi. Davlat qarz beruvchi sifatida bank ti- zimi orqali byudjetdan tarmoq, hudud, korxonalarni K. ajratib moliyalashtira- Di. Qarz oluvchi sifatida aholiga davlat zayomlari, obligasiyalarini sotish b-n jismoniy yoki yuridik shaxslardan karz oladi, natijada ichki davlat qarzi, chet davlatlardan olingan K.lar hisobidan tashqi davlat qarzi paydo bo’ladi. Is- te’mol K.i — aholiga iste’mol tovarla- ri, xizmatlarni nasiyaga sotish, uy-joy qurilishi xarajatlari uchun, lombard- lardagi mulk garovi hisobiga, o’zaro yor- dam kassasi qarzlari va b. ko’rinishlarda beriladi. Xalqaro K. — muddatli, qaytimli va foiz to’lash shartlari b-n bir mamlakatdagi kreditor tomonidan ikkinchi mamlakatdagi qarz oluvchiga pul yoki tovar shaklida beriladigan qarz, shuningdek, chet el obligasiyalari, chet el korxonalari aktsiyalari va b, qimmatli qog’ozlariga fonda olish maqsadlarida kapital qo’yish. K. iqtisodiyotda muhim vazifalar- ni bajaradi, ularning orasida moliya resurslarini qayta taqsimlash asosiy o’rinda turadi. K. yordamida kapitalni bir tarmoqdan ikkinchisiga, bir mulk- dordan boshqasiga oqib o’tishi ta’min- lanadi. Shu b-n ishlab chiqarishni ken- gaytirish, iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirish, mablag’larni capital qo’yishning eng foydali va istiqbolli yo’nalishlarida to’plash imkoniyatlari yuzaga keladi. Kredit resurslarini ban- klar tomonidan tartibga solish mexa- nizmlari yordamida pul aylanmasi toraytiriladi yoki ken-gaytiriladi, to’lovga qrbil talab- ning ko’payishi yoki qisqarishi yuz bera- Di, bu esa, o’z navbatida, i. ch. Rivojiga rag’bat beradi. K. munosabatlarida uning barqaror bo’lishi muhim ahamiyatga ega. Bunga erishish uchun mamlakatda K. siyosati olib boriladi. K. siyosati tarkibi- da banklarning foiz siyosati va AJ- ratilayotgan K.larning yo’nalishlari, ularning qaytarilishini ta’minlash, K.ning samaradorligini oshirish, im- tiyozlar, yuz berishi mumkin bo’lgan xavf-xatarlar oldini olish tadbirlari katta rol o’yvaydi. O’zbekistonda ti- jorat banklarning K. siyosati mamlakat iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlarini jadal rivojlantirishga yo’valtirilgan. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Markazlashtiril- gan K.lari mamlakat mustaqilligini mustahkamlashga yo’valtirilgan yangi i. ch. korxonalarini barpo etishga Ajratil- mokda. Shuningdek, mamlakat tijorat banklari ham yangi i. ch. Quvvatlarini barpo etishga K.lar ajratish b-n bir- ga kichik va o’rta biznesni qo’llab- quvvatlashni ham amalga oshirmoqda. Imtiyozli shartlarda ajratilayotgan K.lar va mikrokreditlar shular jum- lasidandir. K. tizimi: Markaziy bank, tijorat banklari, kredit uyushmalari va chet el banklari filiallari va va- kolatxonalari. K. tizimida Markaziy bank alohida o’rin tutadi va u emissiya maqomiga ega. Mamlakatda K.tizimi fao- liyati “O’zbekiston Respublikasi Marka- ziy banki to’g’risida” (1995.21.12), “Ban- klar va bank faoliyati to’g’risida” (1996. 25.4) qonunlari b-n tartibga solinadi. Ahmadjon O’lmasov, Qahramon Haqberdiev.