Krestyanlar armiyasi

Krestyanlar armiyasi – Ros- siyadan ko’chirib keltirilgan rus muji-klaridan Jalolobodsa tuzilgan armiya (1918-20). Jalolobod va O’shdagi rus qishloqparining aqolisi chor Rossiyasi davrida ko’chib keltirilgan rus krestyan- laridan tashqil topgan bo’lib, 1918 y. ko’zida ularga sovet hokimiyati o’zlarini himoya qilish uchun qurol-yarog’tarqatgan. Turkiston Respublikasi harbiy komis- sari K. Osipov 1918 y. dek.da Farg’ovada K. a. rahbarlari b-n uchrashadi. Polkov- nik K. Monstrov boshchiligidagi K. a. dastlab, qizil askarlar va dashnoklar qatorida turib tinch aholini qirishda qatvashdi. Ularning Farg’ova vodiysi- dagi Bozorqo’rg’on, oyim, Qo’qonqishloq va Suzoq qishloqlarida tinch aholiga nisbatan qilgan xunrezliklari bunga dalildir. 1918 y. ning oxiri va 1919 y.ning bo-shida bu to’rtta yirik qishloq butunlay yakson qilindi, barcha aholi esa qirib tashlandi. Biroq bolsheviklar yuritayotgan siyosat K. a. rahbarlariga yoqmayotgan edi. Chunki ular xususiy mul- kning tugatilishi, g’alla monopoliyasi va sovet rejimining boshqa tadbirla- riga qarshi edilar. Buning ustiga ko’chib kelingan vaqtda tub xalqlardan tortib olingan er-suvni sovet hokimiyati Muso- dara qilayotgan edi. 1919 y. yozida Madaminbek taktik maqsadlarni ko’zlab, bolsheviklar va qizil armiyaga qarshi Farg’ova vodiysi- da yagova kuch tashkil qilish uchun K. a. rahbarlari b-n muzokaralar olib bordi. Ular, o’z navbatida, Madaminbekni vo- diyni o’z nazoratida to’tib turuvchi yagova zamonaviy sarkarda sifatida tan oldi. Ikkala tomon rahbarlari, dastlab, 1919 y. 20 iyunda uchrashsalarda o’rtada shar- tnoma imzolanmadi.Shunday bo’lishiga qaramasdan, Jalolobod, Qurshob va O’shda turgan K. a.ning ko’plab askarlari mada- minbekka qo’shilib, iyul oyida qizil armiyaga qarshi janglarda qatvashdi. Bu orada Madaminbek va Monstrov o’zaro bir necha marta uchrashib, shartnoma shartlarini kelishib olishdi. 1919 y. 2 sent.da Madaminbek b-n Monstrov o’rtasida sovet rejimiga qarshi bir- galikda kurashish to’g’risida shartnoma imzolandi. 10 ta polkdan iborat 5000 kishilik K. a. Madaminbek tomoni- ga o’tdi. Birlashgan armiyaning Oliy bosh qo’mondoni sifatida Madaminbek, uning o’rinbosari sifatida Monstrov tan olindi. Qo’rboshilarga rahbarlik qilish Madaminbekning eng yaqin yor- damchisi Soli maxdumga yuklatildi. Sent.ning boshlarida Birlashgan armiya Jalolobod, O’sh va Marg’ilon sh.lari, Novqat sh.chasini qizil askarlardan ozod qildi. 10 sent.dan Andijon, SKO- Belev (hoz. Farg’ova), Namangan sh.larini bir vaqtning o’zida qamal qilishga ki- rishdi. Sovet qo’mondonligi Rossiya markazidan Orenburg orqali Turki- stonga katta harbiy kuchlarni tashladi. Madaminbek K. a. b-n ittifoq tuzib, xato qilganligini keyingi voqealar ko’rsatdi. Chunki eng qaltis vaziyatlarda K. a. rahbarlari bir necha marta pand be- rishdi. Andijon sh. Kamal qilinayotganda ular o’z marralarini tashlab, orqaga chekinishdi. Hujum chizig’idagi bunday bo’shlikdan unumli foydalangan qizil askarlar qamalni yorib o’tishgan edi. K. a. bir qancha janglarda mag’lubiyatga uch- rab, 1920 y. boshlarida Gulcha istexkomi va Ergashtomga chekindi. 1920 y. 17 yanv.da Monstrov, sal keyinrok, general-mayor A. Muxanov o’z ixtiyori b-n qizil askar- larga taslim bo’ldi. Ular keyinchalik Yava qizil armiya bilan hamkorlik qilib, ancha muddat Turkfront shtabida xizmat qilishdi. 23 Fev.da sovet armiyasi jang- chilari Gulcha istehkomini eg’allagach, K. a. butunlay tugatildi. Ad.: Rajabov K,., Mustaqil Tur- kiston fikri uchun mujodalalar, T., 2000; O’zbekiston yangi tarixi, 2-kitob, [O’zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida], T., 2000; Turkestan v vachale XX veka: k istorii istokov vasioval- Noy nezavisimosti, T., 2000. Qahramon Rajabov.