Kriminalistika

Kriminalistika (lot. criminalis — jinoyatga doir) — sud da- lillarini yig’ish, qayd qilish, tadqiq etish va ulardan foydalanishning Max- sus usul va vositalari tizimini ishlab chiquvchi fan. Mazkur usullar va vosita- lar jinoyatlarni fosh qilish, tekshirish va oldini olish uchun qo’llaniladi. Bir qator holdarda esa bu usul va vositalar- dan fuqarolik ishlarini sudda ko’rib chiqishda foydalaniladi. K. fan sifatida 19-a. oxiri — 20- a. boshida shakllandi. Bu fan jinoyatga oid sudlov ishlarini yurgizish, jino- yat huquqi, kriminologiya, mamuriy hukuk, shuningdek, sud tibbiyoti, sud psixiatriyasi va boshkalar b-n chambar- Chas bog’langan. K.ning umumiy nazari- yasi, K. texnikasi, K. taktikasi hamda alohida jinoyat turlarini tekshirish va oldini olish qabilar K. fanining eng muhim bo’limlari hisoblanadi. K. texnikasi dalillarni to’plash, qayd qilish va tadqiq etish bo’yicha maxsus usullarni, ilmiy-texnik vositalar ti- zimini o’z ichiga oladi. K.ning mazkur qismiga sud ballistikasi, trasologiya, yatlarni ochishda hiddan foydalanish), daktiloskopiya, sudga oid suratga olish va b. kiradi. Tabiiy va texnika fanla- ri yutuqlaridan, matematik va statistic metodlardan, hisoblash mashinalari, gazli xromatog’rafiya, tele, radio, ovoz, tasvir, yozuv, kompyuter vositalari va b.dan keng foydalanish K. texnikasini rivojlantirish tamoyili hisoblanadi. Shu asosda yozuvni tekshirish, “yuz- qiyofani og’zaki chizish”, trasologiyada xilma-xil nusxalarni olish va h.k.ning zamonaviy metodikasi shakllanadi. Kri- mivalistika texnikasi qidiruv va ter- gov faoliyatida texnik qurollar (maxsus apparatlar, jihozlar)dan ham foyda- lanishni ko’zda tutadi. K. jinoyatlarni tekshirish va ularni oldini olish taj- ribasini umumlashtirish, jinoyatchilar qo’llaydigan usullarni o’rganish, shu- ningdek, turli fan sohalarida erishil- gan yutuqlardan foydalanish asosida K. taktikasini — tezkor-qidiruv tadbir- lar tizmini ishlab chiqadi. K. texnika- si va taktikasi usullaridan jinoyatchi- ni tanib olishda, tergov tajribalari, tintuv o’tkazishda va b. tergov ishlarida keng qo’llaniladi. Jinoyatlarning mu- ayyan turini (odam o’ldirish, o’g’rilik, talon-toroj, poraxo’rlik va b.) tekshi- rishda ishlatiladigan usullar, metodlar va vositalar yig’indisi jinoyatlarning ayrim turlarini tekshirishning me- todikasini tashqil etadi. Bu metodi- kaga muvofiq jinoyatlarni tekshirish va sudda ko’rib chiqish davomida tergov harakatlari, tezkor-qidiruv tadbirla- rini o’tkazishning izchilligi va o’ziga xos tomonlari aniqlanadi, K. texnikasi va taktikasi usullari hamda vositalari ishlab chiqiladi. Sud tergovi jarayonida, turli moddiy izlarni, ashyoviy dalillarni tekshirish- da K. ekspertizasi muhim rol o’yvaydi. U sud ekspertizasinpng turlaridan biri bo’lib, K. ma’lumotlariga asoslanadi. Bunda jinoiy va fuqaroviy ishlarga oid ashyoviy dalillar va b. materiallar eks- pertlar tomonidan tekshiriladi. Bu ish odam, hayvon, transport vositalari, tur- li asboblar, qurol-yarog’va h.k.ning iz- lari, tasviriga yoki butun varsani ayrim bo’laqlariga qarab identifikasiyalash (aniqlash, qiyoslash) maqsadida amalga oshiriladi. O’zbekistonda K. ekspertizasi o’tgan asrning 40-y.laridan boshlab Adliya vazirligi huzuridagi i. t. laboratori- yasida o’tkazilib kelindi. Keyinchalik lab. negizida sud ekspertiza i. t. insti- tuti, so’ngra shu vazirlik huzurida dav- lat ekspertiza markazi tashqil etildi. Mazkur markaz respublikada K. fanini rivojlantirish, etuk milliy yurist xo- dimlarni etishtirish ishiga katta hissa qo’shgan akad. Xadicha Sulaymonova nomi b-n ataladi. Mustaqillik yillarida O’zbekistonda K. ni rivojlantirish, K. ekspertizasini o’tkazish ishini eng za- vonaviy texnika vositalari b-n ta’min- lash tadbirlari Ko’rildi. K. fan sifa- tida O’zbekiston milliy un-ti, Toshkent davlat yuridik in-ti, O’zR ichki ishlar vazirligi akademiyasi va b. o’quv yurtla- rida o’qitiladi. Ad.: Rassledovanie prestupleniy, T., 1986. Rohshsh Alimova.