Koshg’ariy

Koshg’ariy, Mahmud Koshg’ariy ibn Husayn ibn Muhammad (II-a.) — turkshunoslik ilmining asoschisi. Fi- lolog olim. Ijtimoiy kelib chiqishi jihatidan Qoraxoniylar sulolasiga mansub. Otasi Xusayn ibn Muhammad o’sha davrdagi Baregan elining amiri bo’lgan. K. boshlangich ma’lumotni o’z qishlog’ida, yuqori ma’lumotni Koshg’ar madrasalarida olgan, Arab, fors, turkey kabi 7-8 tilni puxta egallagan. So’ng u Buxoro, Samarqand Marv Nishopur sh.larida bilimini oshirgan. 1056-57 y.larda mamlakatdagi ichki nizolar na- tijasida olim o’z vatanini tark etib. 15 y. davomida atrofdagi qardosh xalqlar orasida yurishga majbur bo’lgan. Ana shu yillarla “u turkiy xalqlar yashay- digan o’lkalarni kezib, bu erlardagi turkiy qabila va urug’lar, ularning ke- lib chiqishi va nomlanishi, joylashish o’rinlari. urf-odatlari, ayniqsa, til Xu- susiyatlarini sinchiklab o’rganadi. So’ng Bag’dodga borib, ancha vaqt shu shaharda ijod qilgan, xususan, 1072 y. (ba’zi man- balarda — 1074 i. va undan ham keyin) dunyoga mashxur asari “Devonu lug’otit turk” (“turkiy so’zlar devoni”)ni yozib bitiradi va uni abbosiylardan bo’lgan Abulqosim Abdulloh binni Muhammadil Muqtado biamrillohga bag’ishlaydi. Ushbu asar turkiy xalqlar tarixidagi dialektologik, izoxli, etnografik, ta- rixiy-etimologik lug’atlarning barcha unsurlarini qamrab oluvchi lastlabki universal lug’at bo’lib, o’z muallifi- ni dunyoga ulug’adabiyotchi, tarixchi Geo- graf va b. ko’p fanlarlan yaxshi xabardor bo’lgan yirik fan arbobi. qomusiy olim sifatida tanitdi. Bu asarida olim tur- kiy qabila va urug’lar (xalqlar) tilla- ridagi so’zlar ma’nosini Arab tilida izoxlab beradi. Misol sifatida esa maqollardan va badiiy adabiyotdan par- chalar keltirali. Bu xaqda K.ning o’zi yozadi: “men bu kitobni maxsus Alifbe tartibida hikmatli so’zlar, saj’lar, maqollar, qo’shiqlar, rajaz va vasl deb atalgan adabiy parchalar b-n bezalim… Men iste’moldagi so’zlarnigina ber- dim, iste’moldan chiqqanlarini tash- ladim… So’ngra men har bir qabilaga mansub so’zlarning yasalish xususiyatla- rini va qanday qo’llanishini qisqacha izoqlab ko’rsatish uchun alohida yo’l tutdim. Bu misol tariqasida turklar- ning tilida qo’llanilib kelgan she’- rlaridan, shodlik va motam kunlarida qo’llanadigan hikmatli so’zlaridai, maqollaridan keltirdim”. Shuni ay- tish kerakki, “Devon”da berilgan ada- biy parchalar, til faktlari faqat I 1-a. adabiyotining namunalari bulmay, ularning aksar qismi juda uzoq o’tmish davrlarning mahsulidir. Shu jihatdan bunday parchalar turkiy tillarning ke- lib chiqish tarixini, rivojlanishini. adabiy harakatining juda uzoq tari- xini belgilashga xizmat qiluvchi eng muhim hujjatdir. Asardagi bir qancha geografik, etnografik ma’lumotlar ham tegishli sohalar nuqtai nazaridan katta ahamiyatga ega. M. K. mazkur asariga o’zi tuzgan dunyo xaritasini ilova qiladi. Xarita- da mamlakat, shaxar, qishloq, tog’, cho’l, dengiz, ko’l, Daryo qabilarning nomlari yozilgan. Xaritada aks etmagan ba’zi bir nomlar lug’at matnida izoxlangan. Xa- Rita, asosan, Sharqiy yarim sharga to’g’ri keladi. Bu haqda M. K.ning o’zi: “Rumdan Mochingacha bo’lgan… shaharlar o’rnini aniqlash maqsadida ularning hammasini er shaklidagi doirada ko’rsatdim”, — deb yozadi. Shartli qabul qilingan bo’yoqlar rangi doira tashqarisida to’rt joyda so’z b-n izohlangan. Ayrim kam- chiliklariga qaramay, M. K.ning 11-a.da tuzilgan xaritasi o’z davri uchun mukam- mal, hoz. davr uchun geografik ma’lumot- lar beruvchi muhim manba hisoblanadi. Ma’lumotlarga ko’ra, K.ning “Devonu lug’otit turk”dan avvalroq yaratilgan, “Javoqirun-nahvi Fi lug’otitturk” (“Turkiy tillar sintaksisi qoidalari”) deb nomlangan asari ham bo’lgan. Ushbu asar hozircha topilgani yo’q. K. 1080 y.da (yoki 1118 y.da) vataniga qaytib kelib, O’paldagi aziq qishlog’ida, Hazrati Mullom tog’i etagidagi tepalik- da joylashgan madrasada dars bergan va ilmiy ijod b-n mashg’ul bo’lgan (hoz. mazkur madrasaning faqat poydevorlari saqlanib qolgan). K. 1105 y.da (yoki 1126 y.da) 97 yoshida vafot etib, O’paldagi uning ajdodlari maqbarasiga dafn etil- gan. Maqbara hozirgacha “Hazrati mul- lom mozori” nomi b-n mashhur. As: Devonu lug’otit turk, 3 j.li [tar- jimon va nashrga tayyorlovchi S. Mutal- libov], T., 1960-63. Ad.: Mutallibov S, XI asr Filo- logi Mahmud Koshg’ariy va uning “De- Vonu lug’otit turk” asari, T., 1958; De- Vonu lug’otit turk. Indeks-lug’at [G’. Abdurahmonov va S. Mutallibov tahriri ostida], T., 1967; Hasanov H., Mahmud Koshg’ariy, T., 1963; Hasanov H., Sayyoh olimlar, T., 1981. Abduvahob Madvaliev.