Kot-D’ Ivuar

Kot-D’ Ivuar (Cote d’lvoire), Kot- D’Ivuar Respublikasi (Republique de Cote d’lvoire) (1986 y. gacha Fil suyagi Qirg’og’i) — G’arbiy Afrikada, Atlanti- ka okeani sohilida joylashgan davlat. Mayd. 322,5 ming km2. Aholisi 16,4 mln. ga yaqin kishi (2001). Poytaxti — Yamusu- Kro sh. Ma’muriy jihatdan 50 departa- mentga bo’linadi. Davlat tuzumi. K.-D’I. — respublika. Amaldagi Konstitusiyasi 2000 y. 23 iyul- dagi referendumda ma’qullangan. Dav- lat boshlig’i — prezident (2000 y.dan Loran Gbagbo). U to’g’ri va yashirin ovoz berish yo’li b-n 5 y. muddatga saylanadi va ya na bir marta qayta saylanishi mum- kin. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni mil- lat Majlisi (bir palatali parlament) amalga oshiradi. Uning 225 deputata umumiy to’g’ri yashirin ovoz berish yo’li b-n 5 y. muddatga saylanadi. Ijroiya hokimiyatni prezident va hukumat amalga oshiradi. Tabiati. K.-D’I. ekvatorial va Su- bekvatorial mintaqalarda joylash- gan. Gvineya qo’ltig’ining sohili g’arbda tik va qoyali, Sharqda asosan tekis, ko’rfazlarida kema qatnashi mumkin. Er yuzasi Jan.da pasttekislik, shim.da PLA- to (500-800 m). G’arbida esa mamlakatda eng yuqori cho’qqi hisoblangan nima tog’i (1752 m) bor. Oltin, boksit, neft, te- Mir rudasi, qalay va kolumbit, olmos va marganes ruda konlari bor. Iqlimi — Jan.da ekvatorial, doim sernam, qolgan hududlarda subekvatori- al iqlim, Jan.da eng issiq oylar (dek.— apr.)da o’rtacha t-ra 27-28°, eng salqin oylar (iyul—sent.)da 23-24°, shim. da 30° (apr.) va 25° (avg.— sent.). Yil- lik yog’in sohildagi pasttekisliklarda 1300-2300 mm, shim.da 1100— 1800 mm. Asosiy daryolari: Kavalli, Sasandra, Bandama, Komoe. Hayvonot dunyosi juda boy va xilma-xil (maymun, fil, begemot, qoplon, sirtlon, bo’ri, chiyabo’ri, oxu va b.) Jan.da ekvatorial o’rmonlar, shim. da savannalar. Milliy bog’lari: Komoe, Tai, Maraxue va b. Aholisi asosan, kVA, kru, Volta, man- de til guruhiga mansub BATE, baule, AnVi, sindfo, malinke, dan, lobi va b. 2 mln. dan ortiq ajnabiylar bor. Aholisining yarmidan ko’prog’i mahalliy an’anaviy dinlarga, qolganlari Islom va xristian dinlariga e’tikrd qiladi. Rasmiy til — frantsuz tili. Mamlakatning marka- ziy qismi, Abidjan sh. va uning atrofla- rida aholi zich joylashgan. Aholisining taxm. 41% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Abidjan, Bvake, Dalola, Man, Korxogo. Tarixi. Arxeologiya topilmalari- ning dalolat berishicha, K.-D’I. hududida tosh asrida odamlar yashagan. Daryo sohillarida neolit davriga oid usta- xonalar, ish qurollari va sopol idish- lar topilgan. Taxm. mil. AV. 3-2-ming yilliklarda savannada, keyinroq o’rmon zonasida ham dehqonchilik vujudga kela boshlagan. Shim.da dehqonchilik b-n bir- ga chorvachilik ham rivojlangan. Yovvoyi mevalarni yig’ish, ovchilik, baliq ovlash katta ahamiyatga ega bo’lgan. O’rta aerdar- da temirchilik keng ommalashgan (temir eritish o’choqlari topilgan), oltin qazib olingan (avvaliga bu o’lka Oltin qirg’oq deb atalgan), metallsozlik, kulolchilik, to’qimachilik va b. rivojlangan. Shim. va sharqdan o’tuvchi G’arbiy Afrika sav- do yo’llarida shaharlar, manzilgohlar paydo bo’lgan. 11-a.da asos solingan Kong manzilgohi G’arbiy Afrikaning karvon yo’llarida yirik savdo markazlaridan biriga aylangan. 15-a. oxirida K.-D’I. hududida Portu- gallar va b. evropaliklar paydo bo’ddi. Ular qul olib ketishdan tashqari, fil suyagi va b. boyliklarni taladilar. 1842-43 y.larda Frantsiya Gran-Basam va Asinini, keyinchalik sohildagi boshqa joylarni bosib oldi. 19-a.ning 80-y. larida mamlakat ichkarisiga bostirib kira boshladi. 1893 y. dan K.-D’I. Fran- tsiya mustamlakasi. 1895-1958 y.larda esa Frantsiya G’arbiy Afrikasi tarkibi- da bo’ldi. 2-jahon urushidan so’ng mamlakat- da milliy ozodlik harakati kuchaydi. 1950-51 y.larda mustamlakachilar Zul- miga qarshi xalq ommasining yirik chiqishlari bo’lib o’tdi. Ozodlik hara- kati natijasida Frantsiya hukumati yon berishga majbur bo’ldi. 1957 y.dan mamlakat hududiy Assambleyasi (1958 y.dan qonun chiqaruvchi Assambleya) umu- miy saylov yo’li b-n saylanadigan va Hukumat kengashini tuzadigan bo’ldi. 1958 y. 28 sent.da o’tkazilgan referen- dumga ko’ra, davlat maqomini (Frantsiya hamjamiyati a’zosi sifatida) olishga muvaffaq bo’ldi. Afrika mamlakatlarida milliy ozodlik harakatlarining yanada avj olishi natijasida Frantsiya hukumati 1960 y. 11 iyulda mahalliy hukumat b-n bitim tuzishga majbur bo’ldi; bu bitimga ko’ra, 1960 y. 7 avg.da K.-D’I. ning mustaqilligi e’lon qilindi. O’sha yili sent.dan u — BMT a’zosi. Mam- lakat mustaqillikka erishgach, Fran- tsiya hamjamiyati a’zoligidan chikdi. Lekin hukumat Frantsiya b-n siyosiy, iqtisodiy va harbiy aloqalarini saqlab qoldi. 1985 y.da qabul qilingan qarorga muvofiq, K.-D’I. geografik atama emas, balki mamlakat ning nomi ekanligi va chet tillarga tarjima qilinmasligi ta’- kidlandi. 1983 y.da mamlakat poytaxti- ni Abidjandan Yamusukroga ko’chirishga qaror qilindi. Milliy bayrami — 7 avg. — Mustaqillik e’lon qilingan kun (1960). Siyosiy partiyalari, kasaba uyushma- lari. K.-D’I. demokratik partiyasi, 1946 y.da tuzilgan; Ivuar mehnatkashlar par- tiyasi, 1990 y.dan oshqora ishlay boshla- gan; Ivuar xalq jabhasi, 1982 y.da tu- zilgan, 1990 y.dan oshqora ishlay boshla- gan; Respublikachilar birlashmasi, 1994 y. tashqil etilgan; sosial-demokratlar Ittifoqi, 1990 y.dan oshqora ishlay boshlagan. K.-D’I. mehnatkashlar umumiy Ittifoqi kasaba uyushmasi, 1962 y.da tu- zilgan. Afrika kasaba uyushma birligi tashkilotiga va xalqaro erkin kasaba uyushmalari konfederasiyasiga kiradi. Xujaligi. K.-D’I. — agrar mamlakat. Sanoati nisbatan durust rivojlangan, G’arbiy Afrika mamlakatlari o’rtasida ayrim sanoat tarmoqlari (yog’och tayyor- lash, yog’ochsozlik, oziq-ovqat sanoati) ning i. ch. darajasi ancha yuqori. Qishloq xo’jaligida erdan jamoa bo’lib foydalanish saqlanib qolgan. Q.x. yalpi milliy mahsulotning 35,7 % ni, eksport tushumlarining 70% dan ko’prog’ini ta’minlaydi. Mehnatga layoqatli aholining 30% q.x. da band. Agrotexnikasi oddiy. Dehqonchilik q.x.ning asosiy tarmog’i: geveya, kofe, moyli palma, kakao, g’o’za, banan, ananas, tsitrus mevalar o’stiriladi. Kofe etish- tirish va eksport qilish bo’yicha jahonda 3-o’rinda, kakao bo’yicha esa 4-o’rinda tu- radi. Ichki iste’mol uchun yams, maniok, sholi, makkajo’xori, oq jo’xori, tariq va b. etishtiriladi. Chorvachiligi sust rivojlangan; shim. savanna o’tloqlarida qoramol, qo’y, echki, cho’chqa, uy parran-da- si boqiladi. Baliq ovlanadi. Sanoati yalpi milliy mahsulotning 26% ni ishlab chiqaradi. 700 dan ko’proqi.ch. korxonalari, shu jumladan, xorijiy sarmoya ishtirokidagi bir necha qo’shma korxona bor. Chetga chiqariladigan xom ashyo va chetdan keltiriladigan yarim fabrikatlarga ishlov beruvchi sano- at korxonalari rivojlangan. Yiliga o’rtacha 2,3 mlrd. kVt-soat elektr Energi- yasi hosil qilinadi. Oziq-ovqat va tama- ki, energetika, yog’ochsozlik, to’qimachilik, metallsozlik, kimyo va yog’-moy, neft qazib olish va uni qayta ishlash, tayyor qismlardan avtomobil yig’ish, qurilish materiallari, kauchukni qayta ishlovchi va plastmassa ishlab chikaruvchi, konchi- lik va b. sanoat korxonalari mavjud. Chet- dan keng iste’mol mollari keltirishni kamaytirish va eksport qilish maqsadida yirik yog’ochsozlik, to’qimachilik, oziq- ovqat sanoati korxonalari barpo etila boshladi. Asosiy sanoat markazlari: Abidjan, Bvake va b. Transporti ning asosiy turlari — dengiz va avtomobil transporti. Dengiz yuklari, asosan, xorijiy kompaniyalar- ning kemalarida tashiladi. T.y.ning o’z. — 1314 km, jumladan, Abidjan — uaga- dugu t.y.ning o’z. — 625 km. Avtomobil yo’llari o’z. — 55 ming km. Dengiz port- lari: Abidjan, San-Pedro. Abidjan va Yamusukroda xalqaro aeroportlar bor. Mamlakat chetga paxta, kauchuk, kofe, kakao va undan tayyorlangan mahsulotlar, yog’och, olmos, palma yog’i, ananas, banan chiqaradi. Chetdan mashina, asbob-uskuna, neft va neft mahsulotlari, oziq-ovqat va b. iste’mol mahsulotlari, qora metal- lar prokati, o’g’itlar keltiradi. Savdo- sotiqdagi asosiy mijozlari: Frantsiya, Niderdandiya, AKSH, Germaniya, Italiya, Nigeriya va b. Turizm rivojlanmokda. Pul birligi — Afrika franki. Tibbiy xizmat. Davlat sog’liqni saqlash tizimi mavjud. Aholiga tibbiy xizmatni kasalxonalar, turli tibbiyot markazlari va ko’chma otryadlar ko’rsatadi. Vrachlar Abidjan un-tining tibbiyot f-tida va chet ellarda tayyorlanadi. Maorifi, ilmiy va madaniy-ma’ri- fiy muassasalari. Maktablarning aksa- riyati davlat qaramog’ida. Ularda o’qish bepul. Katolik missiyalar xususiy makta- blar ochishgan. Boshlang’ich va o’rta makta- blar, texnika liseylari, turli kollej- lar, ped. maktablari bor. O’qituvchilar ped. maktablari va oliy maktablarda tayyorlanadi. Abidjanda un-t (1958 y. da asos solingan), ijtimoiy fanlar Mar- kazi (1960 y.dan), tropik o’rmonchilik markazi (1962), kofe va kakao tadqiqot st-yasi, Geofizika st-yasi, Okeanogra- fiya tadqiqot markazi, kauchuk, tropic tadqiqot, gigiena va b. ilmiy tadqiqot in-tlari, Milliy muzey, etn. muzeyi, Milliy kutubxona, un-t kutubxonasi, Munisipal kutubxona va b. mavjud. Matbuoti, radioeshittirishi va teleko’rsatuvi. Mamlakatda bir qancha gaz. va jur.lar nashr etiladi. Asosiy- lari: “alif” (Islom muammolarini aks ettiruvchi oylik gaz.). “Vua” (“Yo’l”, frantsuz tilidagi kundalik gaz.), “De- mokrat” (frantsuz tilidagi haftalik gaz.), “Kontinan” (“qit’a”, frantsuz ti- lidagi kundalik Umumafrika gaz., 1980 y.dan), “Notr tan” (“bizning vaqt”, frantsuz tilidagi haftalik gaz.), “Nu- vel orizon” (“yangi ufq”, frantsuz tilidagi haftanoma), “Fraternite- Maten” (“qardoshlik tongi”, frantsuz tilidagi kundalik gaz., 1964 y.dan), “Eritaj” (“meros”, frantsuz tilidagi haftanoma, 1994 y.dan), “Reformater” (“Islohotchi”, frantsuz tilidagi oylik jur., 1993 y.dan). K.-D’I. matbuot agent- ligi (AIP) 1961 y.da, Ivuar radio va te- levideniesi 1963 y.da tuzilgan. K.-D’I. da radioeshittirish 1949 y.dan (frantsuz va 10 mahalliy tilda), teleko’rsatuvlar 1963 y.dan olib boriladi. Adabiyoti. K.-D’I.dagi Anya, baule, se- nufo va b. xalqlarda xalq og’zaki ijodi qadimdan rivojlangan. Ayniqsa, baule xalqining folklori alo-hida ajralib turadi. Griot deb ataluvchi baxshilar qo’shiq va ertaqlarni aytib yurishadi. Folklor an’analari asosida frantsuz tilida yozma adabiyot rivojlandi. K.- D’I. adabiyotining shakllanishida fol- klorchi, romannavis Bernar Dadening xizmati katta. Uning mustamlakachilik- ka qarshi asarlari mashhur. Yozuvchi Ake Loba (asli ismi Abobo baule)ning “ko- kumbo — qora talaba” va “Daryo ustidagi nayzalar” romanlari, Sh. Nokaning “Sha- mol shiddatli edi” romani, “Quyosh, qora nuqta” poemasi, Sidiqi Dembelening “Boqibeg’amlar” romani 20-a. 2-yarmiga xos ijtimoiy muammolarni aks ettirdi. J. M. Bonini, Moris Kone va b.larning she’riy to’plamlari nashr qilindi. Me’morligi. Mamlakatning Jan., o’rmon qismi xalqlari turar joylarni yog’ochdan va ikki nishabli tomini pal- ma shoxlari b-n yopib, to’g’ri burchakli qilib quradilar. Buale va Anya xalqlari cho’ziq doirasimon uylar atrofini bo- stirma b-n o’raydi. Shim.-g’arbda devoir shox-shabba b-n to’qilib, loy suvoqli va konussimon tomi poxol b-n yopilgan doi- rasimon uylar keng tarqalgan. Mamlakat sharqida yassi tomli to’g’ri burchaqli gu- valak uylar ko’proquchraydi. K.-D’I. Mar- kazidagi uylarning devorlari geometric naqshlar, inson va hayvon tasvirlari b-n bezalgan. Mamlakat mustaqillikka erishgach (1960), mahalliy aholi uchun 1-4 qavatli turar joy loyihalari ishlab chiqildi. Ko’p qavatli bino- larning quyi qismida savdo markazi, mehmonxona, restoranlar joylashtiril- Di. Abidjandagi Hyp al-hayot markazi (me’mor A. Laje, J. P. Lyupi, J. Mas), alyuminiy b-n ziynatlangan ehromsimon ma’muriy bino (me’mor R. Oliveri, muhandis R. Morandi), Mandagi “Shalo- la” meqmonxonasi (me’mor M. Dyusharm, Larra, J.-P. Mino) va b. Sa-Sandra va Asinidagi mehmonxonalar tomi poxod b-n yopilgan qad. uylar shaklida bar- po etildi. Turli shaharlarda madaniyat markazlari, Tim bo-zorlar go’zal usul- da qurilgan. Qurilishda temir-beton, shishadan foydalaniladi, binolarga mahalliy hunarmandlar bezak beradi. Tasviriy san’ati. Haykaltaroshlik K.-D’I. xalqlari tasviriy san’atining eng go’zal sohasidir. Marosimlarda ish- latiladigan yog’och niqoblar, odam gavda- lari nozik did va mahorat b-n yasaladi, ularning shakli yo nafis yoki vahimali bo’ladi. Bo’yoq va naqshlar niqoblarning ta’sirchanligini oshiradi. Ro’zg’or buyum- lari va uy eshiklari o’ymakorlik usulida ishlanadi. Oltin, mis, jezdan zeb-ziynat asboblari yasash, qul to’qimachiligi, kash- tachilik, kulolchilik rivojlangan, uy- larning devorlariga turli rasm, gullar, qush va hayvonlarning suratini solish odat bo’lgan. Musiqasi. K.-D’I. xalqlarining ba’- zilari qad. Musiqiy an’analarga ega. Chunonchi, dan xalqi boshliqlarida truba va barabandan iborat katta orkestrlar bo’lgan. Danlarning ko’p qo’shiqlari mu- ayyan marosim va odatlar b-n bog’langan. Mac, qabila boshlig’i sharafiga Zia, jamoa ishlari vaqtida kotava degan qo’shiqlar aytilgan. Baule xalqida ma’budalarni sharaflovchi va ajdod- lar ruhini eslatuvchi qo’shiklar keng tarqalgan. Ayollar qo’shig’i tovushning jo’shqin tebranishi b-n ajralib tura- Di. Malinke xalqi griotlari — jeli qo’shiqlarining she’riy matnlari g’oyat musiqiydir. Mustaqillik yillarida zamonaviy musiqa rivojlana boshla- Di. Ko’pgina ijodiy jamoalar, jumla- dan, “Makakumani” folklor guruhi (qabilalararo jamoa) katta ish qilayotir. Abidjandagi Milliy san’at in-ti tar- kibida Milliy musiqa va raqs konserva- toriyasi, Milliy musiqa maktabi, Xalq san’ati va hunarmandchiligi departa- menti bor. Abidjan un-ti, gumanitar tadqiqotlar markazi, Afrika san’ati- ni o’rganish markazi xalq musiqasi va raqsini o’rganish b-n shug’ullanadi. Teatri. Xalq ijodiyoti namunala- rini ijro etuvchi griotlarning xatti – harakatlarida aktyorlik nishonalari bor edi. Zamonaviy teatr Dakarda 20-a.ning 30-y.larida vujudga keldi, havaskorlik to’garaklari tuzila boshladi. 1933 y. da B. Dade “shaharlar” deb atalgan birinchi pesani yozdi. 1938 y.da mahalliy teatr tashqil etildi. Unda sahnalashtirilgan F. J. Amonning “Bussate yoki qora folbin siri”, “pinhona to’y” pesala- rida turmush sarqitlari, g. Koffining “Bizning xotinlar”, “mening erim”, “Qaytish qo’shig’i” hajviy pesalari mustamlakachilik zulmini fosh qildi. 2-jahon urushidan keyin “Gezabo”, “ika- re” teatr jamiyatlari jamoalari, Abid- Jan un-tining “niqoblar va ro’dapolar” truppasi mahalliy dramaturglardan M. Berte, E. Derven, A. Koffi asarla- rini an’anaviy Afrika teatri ruhida sahnalashtirdilar. 1967 y.da Milliy san’at in-ti huzurida yarim professi- onal truppa ish boshladi. B. Dadening “Tog’o-nini janoblari”, g. Oyono- Mbianing “uch oshiq, bir qayliq”, g. Go- ning “Tussio” asarlari uning eng yaxshi spektakllari bo’ldi. “Tam-tam. Ovoz va badan” spektakli an’anaviy Afrika tea- trining izlanishlarini aks ettirdi. Kinosi. K.-D’I. kino san’ati mustaqillik yillarida rivojlana boshladi. Rej. T. Bassorning “Yolg’izlik qumtepalarida” qisqa metrajli lenta- si birinchi film bo’ldi. Uning “Pichoq ushlagan ayol” filmida afrikaliklar- ning G’arb tamadduni b-n to’qnashuvi ko’rsatilgan. “Musofirlar uchun kon- tsert” filmi (rej. D. Ekare) milliy ki- noga Shuhrat keltirdi, unda pul ishlash uchun Evropaga borgan afrikaliklarning og’ir qismati muammosi ko’tarilgan. Milliy kinoning asoschilaridan biri A. Dyupark “Muna yoki rassomning orzu- si”, “oila” filmlarida muhim masala- larni o’rtaga tashladi. Keyingi yillarda ijod kila boshlagan yosh rej.lar “Muaz- zinning da’vati” (E. Vodio), “Kanday yangiliklar bor” (g. M. Bala), “Jelli” (K. Fadika), “Aja Tio” (J. L. Kula) kabi qiziqarli filmlarni yaratdilar.