Kosta-Rika

Kosta-Rika (Costa Rica), Kosta- Rika Pec publ i kas i (Republica de Costa Rica) — Markaziy Amerikada joylash- gan davlat. Mayd. 51,1 ming km2. Aholisi 3,77 mln. kishi (2001). Poytaxti — San- Xose sh. Ma’muriy jihatdan 7 viloyat (provincia)ra, viloyatlar kantonlarga, kantonlar okruglarga bo’linadi. Davlat tuzumi. K.-R. — respublika. Amaldagi Siyosiy Konstitusiyasi 1949 y. 7 noyab.da qabul qilingan. Davlat va hukumat boshlig’i — prezident (2002 y.dan A. Pacheko); u aholy tomonidan to’g’ri va yashirin ovoz berish yo’li b-n 4 y. muddatga saylanadi. Prezident bevo- Sita 2-muddatga qayta saylanishi mum- kin emas. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni qonun chiqaruvchi Majlis (bir palatali parlament) amalga oshiradi; uning 57 deputati to’g’ri va yashirin ovoz berish yo’li b-n 4 y. ga saylanadi. Ijroiya hokimiyat prezident tomonidan Vazirlar Mahkamasi yordamida amalga oshiriladi. Tabiati. Mamlakat hududining ko’p qismi tog’liq. So’nmagan vulkanlar (Ira- Su — 3432 m, Poas — 2704 m va b.) bor. Kordilera-de-Talamanka tizmasidagi Chirripo-Grande tog’i (3820 m) K.-R.dagi eng baland cho’qqidir. Karib dengizi sohili botqoqli; tinch okean sohilida qo’ltiq va yarim Orol ko’p. Temir ruda- si, oltingugurt, boksit, kumush, oltin, neft, marganes, simob konlari bor. Iqlimi — subekvatorial, tropik, pas- sat iqlim. Pasttekisliklarda yanv.ning o’rtacha t-rasi 23°, iyulniki 25°. Yillik yogin sharqida 3000 mm, g’arbida 1000— 1500 mm gacha. Daryolari tez oqar va ser- suv, quyi qismlarida kema qatnaydi. Yirik daryolari — San-Xuan, Rio-Frio. Mamlakat hududining salkam 65%ni egallagan nam tropik urmonlarda pal- ma, eben, qizil, pushti daraxtlar, tog’ yon bag’irlarida dub o’sadi. Vulkan ko- nuslaridagi (2700-3000 m) butazor va o’tloqlardan yaylov sifatida foydala- niladi. Tinch okean sohilida savannalar bor. Hayvonot dunyosi boy va xilma-xil. Maymunlar, Puma, yaguar, tapirlar, zirx- lilar, jayra va b. yashaydi. Kirg’oqqa yaqin suvlarida ovlanadigan baliqko’p. Milliy bog’lari: Korkovado, Braulio- Korrilo, Chirripo. Aholisining aksari kostarikanlar— asosan, 16-17-a.larda Ispaniyadan ku- chib borganlarning avlodlari (87%); metislar, negr va mulatlar ham yashaydi. Tub aholisi — indeyslar (bribrlar, bo- ruka va b.) 1% ga ham etmaydi. Rasmiy til — ispan tili. Davlat dini— katolik dini. Aholisining 44,3% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: San-Xose, Limon, Turrialba va b. Tarixi. Hozirgi K.-R. hududida qadimdan indeys qabilalari yashagan, sohillarda ular ovchilik, baliq ov- lash b-n shug’ullangan. Markaziy tog’lik joylarda indeyslar dehkrnchilik, oltin, mis eritish, kulolchilik b-n shug’ullangan. 1502 y. K.-R. (ispanchaboy sohil) X. Kolumb tomonidan kashf eti- lib, Nuevo-Kartago deb atalgan. K.-R. ga 1513 y.da ispanlar bostirib kirdi. 1560 y.da mamlakat Gvatemala tarki-biga qushib olindi. 60-y.larga kelib ispan- lar K.-R. hududini batamom egallab oldi. 16-a.da Kartago (K.-R. poytaxti), 18-a.da Erediya, San-Xose va b. shaharlar barpo etildi. 1810 y.dan K.-R. aholisi ispan hukmdorlariga qarshi kurashdi va 1821 y. 15 sent.da mustaqillikka erishdi. 1822 y. mamlakat Meksika imperiyasiga kushildi. 1823 y.da esa Markaziy Ame- Rika Birlashgan viloyatlari federasiyasi tarkibiga kirdi. Shu yildan San-Xose sh. K.-R. poytaxti bo’lib qoldi. 1825 y. K.-R. ning birinchi Konstitusiyasi qabul qilindi va K.-R. mustaqil davlat sifati- da ajralib chikdi (1838). 50-y.lar oxiridan mamlakat iqtisodiyoti tez rivojlana boshladi. 1901 y. Milliy respublika partiyasi tashkil topdi. 1920 y. ishchilar yalpi ish tashlab, 8 soatlik ish kuni joriy qilinishiga erishdilar. 1941 y. da K.- R. fashistlar Germaniyasiga urush e’- lon qildi. R. A. Kalderon hukumati mehnatkashlar talabi b-n bir qancha de- mokratik isloxrtlar o’tkazdi. 1948 y. da mamlakatda fuqarolar uru- shi boshlandi. Nikaragua diktatori A. Somosa qo’shinlari madadi b-n reaktsion kuchlar g’alaba qildi. 1953-58 y.larda hukumat iqtisodiyotda davlat sektorini mustahkamladi. 1970-74 y.larda ichki siyosiy turmushni demokratiyalash va mil- lim suverenitetni mustahkamlash chora- larini ko’rdi. 1986 y.da prezident etib saylangan o. Ari-as betaraflik siyosati- ni olib bordi. K.-R. — J945 y.dan BMT a’zosi. 2001 y. iyunda O’zR b-n diploma- tiya munosabatlarini o’rnatgan. Milliy bayrami — 15 sent. — Mustaqillik kuni (1821). Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmala- ri. Milliy ozodlik partiyasi, 1945 y.da tuzilgan; Milliy ittifoq partiyasi, 1947 y. asos solingan; sosial-xristian birlik partiyasi, 1983 y. tashkil etil- gan; Kostarikan xalqi partiyasi, 1984 y. tuzilgan. K.-R. mehnatkashlari unitary konfederasiyasi, 1980 y. asos solingan; K.-R. demokrat mehnatkashlari konfede- rasiyasi, 1966 y. asos solingan. Xo’jaligi. K.-R. — agrar mamla- kat. Yalpi ichki mahsulotda q.x. ulu- shi 22%, sanoat ulushi 27%. Iktiso- diy faol aholining 30% q.x.da, 15% sanoatda band. Mayda va o’rtax.ol dehqonlar ko’pchilikni tashqil qiladi. Q.x. mahsulotining 60% dan ko’prog’i chetga sotiladi. Texnika ekinlaridan shakarqamish, Abaka, tamaki, shuningdek, sholi, makkajo’xori, oq jo’xori, kofe, banan, kakao, tsitrus va b. etishtirila- Di. Chorvachilikda qoramol, cho’chqa, qo’y, echki boqiladi. Baliq ovlash rivojlan- gan. 1 yilda 3,9 mlrl. kVt-soat elektr energiyasi hosil qilinadi. Oziq-ovqat, to’qimachilik, ko’n-poyabzal, yog’ochsozlik, tsement i.ch., metallsozlik, avtomobil yig’ish, neftni qayta ishlash va kimyo korxonalari bor. Iqtisodiyotning kimyo, rezinatexnika, metallurgiya, tsellyuloza- qog’oz tarmoqlari, chet el sayyohligi ri- vojlangan. Asosiy sanoat markazi — San-Xose sh. K.-R.da 1,4 ming km t.y., 26 ming km avtomobil yo’li bor. Asosiy portlari: limon va Puntarenas. 2 Aero- port bor. K.-R. chetga kiyim-kechak, kofe, banan, kakao, qand-shakar, go’sht, ki-myoviy tovarlar chiqaradi. Chetdan transport vo- sitalari, yoqilg’i, oziq-ovqat keltira- Di. AQSh, Germaniya, Markaziy Amerika mamlakatlari b-n savdo qiladi. Pul bir- ligi — Kolon. Tibbiy xizmati. K.-R. da tibbiy xizmat, asosan, davlat tasarrufida. Xu- susiy shifoxonalar ham bor. Vrachlar San-Xosedagi un-tning tibbiyot f-tida tayyorlanadi. Maorifi, ilmiy va madaniy-ma’ri- fiy muassasalari. 1973 y. da majburiy 9 y.lik ta’lim joriy qilingan, birok amalda boshlang’ich ta’lim majburiydir. Ta’limning barcha bosqichlari — bepul. Boshlang’ich maktabda o’qish muddati — 6 y., o’rta maktabda — 5 y. K.-R. da 5 un-t, shu jumladan, San-Xosedagi K.-R. un-ti (1843), Eredia sh.da Milliy un-t (1973) bor. San-Xoseda lingvistika Akademi- yasi (1923), Tarix va geogr. akademiya- si, atom energiyasi milliy komissiyasi (1967), Milliy ilmiy jamg’arma, mil- liy geogr. in-ti (1944) va b. ilmiy muas- sasalar, Milliy kutubxona (1888), un-t kutubxonasi, Milliy muzey (1887) va Milliy teatr galereyasi mavjud. Matbuoti, radioeshittirishi va teleko’rsatuvi. K.-R. da bir qancha gaz. va jur. nashr etiladi. Eng yiriklari: “na- son” (“millat”, kundalik gaz., 1946 y.dan), “Republika” (“Respublika”, kun- dalik gaz., 1950 y.dan), “Prensa libre” (“Erkin matbuot”, kundalik kechki gaz., 1889 y.dan), “ora” (“soat”, kundalik gaz., 1946 y.dan), “Gaseta” (“gazeta”, kundalik gaz., 1878 y.dan), “Libertad” (“Ozodlik”, haftalik gaz., 1962 y.dan), “Abaniqo” (“Elpig’ich”, haftalik jur.,), “Polemika” (“bahs”, jur., 1981 y.dan). Radioeshittirishlarni nazorat qiluvchi milliy boshqarma va hukumat telest-yasi mavjud. Bir qancha tijorat telest-yala- ri qam ishlaydi. Teleko’rsatuvlar 1960 y.dan olib boriladi. Adabiyoti. K.-R. mustamlaka davri va undan ilgarigi adabiyoti kam o’rganilgan. Mamlakat mustaqillikka erishganidan keyin K.-R. adabiyoti mustaqil rivojlana boshladi. 1890-91 y.larda bir necha sho- Irning “Kosta-Rika nazmi” to’plamida milliy oxanglar yangradi. 20-a. boshlari-da xalq turmushi aks ettirilgan ko’plab hikoyalar, qis-Salar, dramalar va she’- rlar yozildi. 10— 30-y.lar ijod etgan K. Gaxini, X. Kardona, K. Lira romanlari- da ijtimoiy muammolar yoritildi. 30— 40-y.lar adabiyotida turli oqimlar pay- do bo’ldi. M. Ximenes, R. Brenes Mesen kabi yozuvchi va shoirlar “san’at san’at uchun” nazariyasini targ’ib qildilar. K. L. Falyasning “Mamita Yunay”, “Mar- Koe Ramires” kabi romanlarida ijtimo- iy kurash mavzui o’z ifodasini topdi. X. Marin Kanyans, X. Guterres, F. Dobles va b. yozuvchilarning romanlarida, X. M. Seledon, G. Dobles va b. shoirlar ijodi- da, X. L. Sanches, D. Galegos Troyo va b. novellalarida ijtimoiy-tanqidiy ta- moyillar rivoj-lantirildi. Me’morligi va tasviriy san’ati. K.-R. ning qad. san’ati Meksika, pana- ma va Kolumbiya madaniyati b-n mushta- rak. Bo’rtma tosh mehroblar, bahaybat toshlardan yasalgan boshlar, odam va hayvon gavdalari, sopol haykalchalar, qimmatbaho toshlardan, oltin va mis qotishmalaridan yasalgan narsalar, shakl va taqinchoqlar saqlangan. 18-a. gacha bu- nyod etilgan qurilishlar zilzilalar va qaroqchilar hujumi natijasida vayron bo’lgan. Mustamlaka davrida shaharlar (San-Xose, 1737-38) barpo etila boshla- Di. Ular to’g’ri rejali qilib qurilgan va ko’kalamzorlashtirilgan. Xom va pishiq g’ishtdan qurilgan hovlili uylardan tashqari bir qavatli beton imoratlar ham ko’p. Indeyslarning turar joylari palma poyalaridan qurilgan. Erediya va Orosi sh.larida barpo etilgan cherkovlar haligacha saqlanib qolgan. Tasviriy san’ati 19-a.da paydo bo’ldi (haykaltaroshlar F. Guterres, X. Mora Gonsales, rassom E. Egandi Monte- ro). 20-a.ning 20-y. larida manzarachilar, mahalliy grafikachilar maktabi tashqil etildi (F. Amigetti, M. de la Krus Gon- Sales va b.); ayniqsa, haykaltarosh F. Su- niganing xalq hayoti asosida yaratgan in- deyslar qiyofasi diqqatga sazovor. Xalq san’atida hunarmandchilik, o’ymakorlik, to’qimachilik, kashtado’zlik, kulolchilik va b. rivojlangan.