Kosmonavtika

Kosmonavtika (Kosmos va Yun. nautike — kemani boshqarish san’ati) — kosmik fazoga parvoz qilish; turli xil- dagi kosmik apparatlardan foydalangan holda kosmosni va erdan tashqaridagi kosmik ob’ektlarni o’rganishni ta’- minlaydigan fan va texnika soxala- ri majmui. Quyidagi muammolar b-n shug’ullanadi: kosmik uchishlar nazariya- si — traektoriyalarni hisoblash; ilmiy- texnikaviy kosmik raketalar, boshqarish bort tizimi, uchirish joyi qurilmalari, boshqariluvchi kemalar va st-yalar, ilmiy lab. jihozlari hamda erdagi uchirishni boshqarish tizimini yaratish, traektori- yani o’lchash xizmati, telemetriya, orbital st-yalarni jihozlash va bosh-qarish; tib- biy-biologik hayotni ta’minlash bort tizimini yaratish; ortiqcha zo’riqish, vaznsizlik, radiasiya va sh. k. masalalar b-n bog’liq ravishda inson organizmida kechadigan noxush hodisalarni Barta- raf qilish; kosmik fazo va sayyoralar- dan foydalanishning huquqiy, xalqaro huquq me’yorlari bo’yicha boshqarish ma- salalari va b. Kosmik fazoga uchish mumkinligining nazariy asoslarini birinchi bo’lib, 19- a. oxirida K. E. Tsiolkovskiy yaratdi. U o’zining “reaktiv qurilmalar yordamida Olam fazosini tadqiq etish” (1903) va b. asarlarida kosmik parvozlarni texnik jihatdan amalga oshirish mumkinligini ko’rsatib, K.ning asosiy muammolarini hal qilish echimlarini berdi. K. masala- larini echitshda I. V. Meshcherskiy, Yu. V. Kondratyuk (1897-1942), F. A. Tsander (1887-1933) kabi rus olimlari, R. Eno- Peltri (Frantsiya) va b. olimlar o’z ish- lari b-n qatnashdilar. 20-a. 20-y.larida K. asosiy g’oyalarini targ’ib qilish va bu sohaning amaliy muammolarini birga- likda hal etish maqsadida bir necha mam- lakatlarda, jum-ladan, Rossiya (1924), Avstriya (1926), Germaniya (1927), Buyuk Britaniya va AQShda (1930) K. jamiyat- lari tuzildi. 1921 y.da Rossiyada raketa texnikasiga doir ishlar boshlanib, Gazo- dinamik laboratoriya tashqil etildi. 1933 y.da S. P. Korolyov boshchiligida birinchi marta suyuq yonilg’ili raketalar uchirildi. 1933 y. oxirida Moskvada Re- aktiv i. t. instituta ishga tushdi. AQShda suyuq yoqilg’ili reaktiv dviga- tellar bo’yicha ishlar R. Goddard tomoni- dan 1921 y.da boshlandi, suyuq yonilg’ili raketalarni uchirish esa 1926 y.da amalga oshirildi. Germaniyada bu turdagi dviga- tellarning lab. sinovi g. Obert tomoni- dan 1929 y.da, suyuq yonilg’ili dvigatel- larni uchirish bo’yicha sinovlar esa I. Venkler tomonidan 1931 y.da boshlandi. Kosmik eraning boshi — birinchi Erning sun’iy yo’ldoshi (ESY) uchiril- gan kun (1957 y. 4 okt.)dan hisoblanadi (q. Er sun’iy yo’ldoshlari). 1959 y.da sayyoralararo avtomatik st-ya “Luna-2” Oy sirtiga qo’ndirildi. Kosmik era- ning boshqa muhim voqealari kosmik fazoga yu. A. Gagarin (1961 y. 12 apr.) va birinchi ayol-kosmonavt V. Tereshkova (1963 y. 16 iyun)ning uchishi bo’ldi. K. tarixida navbatdagi muhim voqea 1969 y. 16-24 iyulda N. Armstrong, E. Oldrin va M. Kollinzlar (AQSh) tomonidan Oyga uyushtirilgan birinchi ekspedisiya hisoblanadi. Quyidagi mamlakatlarda kosmik AP- paratlar yaratilgan: Rossiyada (1957 y. dan), AQShda (1958 y.dan), Frantsiyada (1965 y.dan), Yaponiya va Xitoyda (1970 y.dan), Buyuk Britaniyada (1971 y.dan), Hindistonda (1980 y.dan). Zamonaviy kosmik uchishlar naza- riyasi osmon mexaniqasi va uchish AP- paratlarini boshqarish nazariyasiga tayangan. Klassik osmon mexaniqasidan farq qilib, bu yo’nalish astrodinamika deb yuritiladi. Astrodinamikaning eng muhim bo’limlaridan biri — uchish tra- ektoriyalarini tuzatish (korrektsiyalash) nazariyasi deb ataladi. ESY hisoblangan traektoriyadan chetga chiqishi (og’ishi) ham mumkin; u ushbu omillarga bog’liq bo’ladi: oldindan hisoblash qiyin bo’lgan og’diruvchi kuchlar (zichligi o’zgarib turuvchi atmosfera qarshiligi, Erning nosferikligi, bir jinsli emas- ligi va b.) mavjudligi va b. Kosmik majmualarni yaratish murak- kab ilmiy-texnik muammo hisoblanadi. Yirik eltuvchi raketa (er)larning Star- toldi massasi 3000 t, uzunligi esa 100 m dan ortiq bo’ladi. Ularda zarur yonilg’i zahiralarini (umumiy massasining 90%) rasional joylashtirish, raketa tuzilishini iloji boricha engil qilish, yonilg’i ishlatilgandan so’ng shu bosqichni qaytarib tushirish va b. raketa tuzili- shiga xos muammodir. Er dvigateli qurilmasining quvvati bir necha GVt gacha boradi. Odatda er bir necha dvigateldan tashqil topib, ular- ning sinxron (uyg’unlashib) ishlashi boshqarish tizimi orqali amalga oshi- riladi. Er dvigatellari uchun, odatda, qattiq kimyoviy yonilg’i, suyuq yonilg’i ishlatiladi (q. Raketa dvigateli). Yadro energiyasida ishlaydigan rd dvigatella- ri sinov bosqichida (2003). Kosmik apparat (ka)larni orbitaga chiqarish uchun Esylarga birinchi kos- mik tezlik (7,91 km/s) dan ortiq, kk ni boshqa sayyoralar (Mars, Venera)ga chiqarish uchun, ikkinchi kosmik tezlik (11,19 km/s) dan ortiq, Quyosh sistemasi- dan chiqib ketish uchun esa, uchinchi kos- mik tezlik (16,6 km/s) dan ortiq tezlik berish kerak. Orbita- ga chiqariladigan kalarni 2 guruhga ajratish mumkin: er atrofida uchuvchi (ESY) va uzoq, kosmosga, mas, oy yoki boshka sayyoralarga uchuvchi apparatlar. Keyingi guruhga kiruvchi kalarning Erlari (boshlangich tezligining katta- ligi sayyoraga yaqinlashgach tormozlovchi impuls va erga qaytishi uchun tezlikni orttirish zarurligini e’tiborga olsak) etarli darajada katta quvvatli bo’lishi kerak. Kosmik apparat kosmik fazoning murakkab sharoitida uzoq, vaqt mustaqil ishlashi uchun unda bir qancha tizimlar — t-Rani saqlash tizimi, elektr man- Bai (mas, Quyosh batareyalari) va yonilg’i b-n ta’minlash tizimi, er va b. kosmik jismlar b-n aloqa qilish tizimlari, uchishni boshqarish tizimi va b. bo’lishi kerak. Kema bortiga turli-tuman i. t. asboblari o’rnatiladi. Ularning ishini kema bortidagi boshqarish kompleksi tartibga solib turadi. Tushiriladigan apparat atmosferada qizib ketmasligi uchun issiqqa chidamli maxsus konteyner- ga joylashtiriladi. Ekipajli kosmik kemalarda qo’shimcha tibbiy-ekologik muammolarni hal qilishga to’g’ri keladi. Ularda ekipajni zararli nurlar, vacuum va kosmik muhitning boshka omillari- dan saqlash tizimi, hayotni ta’minlash tizimi bo’lishi zarur. Kosmosga uchish inson organizmida vaznsizlikka, o’ta nagruzkaga chidamlilikni talab qiladi. “Vosxod” kemasida bajarilgan ekspe- riment va tadqiqotlar, insonning ochiq kosmosga chiqishi, “Soyuz” kosmik ke- malarida uchishlar orbital st-yalarning yaratilishiga olib keldi va “Salyut”, “Mir”, “Skayleb” orbital st-yalari uchi- rildi. Er va kalarning uchishi erdan boshqarish xizmatining keng tarmog’i mavjud bo’lishini talab qiladi. Shu maqsadda er sirtida kosmik aloqa punkt- lari, okeanda esa maxsus jihozlangan aloqa kemalari joylashadi. Kalarni Erga qo’ndirishda qutqarish va evakuasiya xizmati yordamga keladi. Ka bortidagi boshqarish tizimi va erdagi ko’plab xiz- mat tizimlari orasidagi bog’lanishlarni tashqil etish, uchishni texnik boshqarish orqali amalga oshiriladi. K.ning avtomatik vositalari erni ilmiy tadqiq qilishga, atmosferaning yuqori qatlamlarini, ionosfera va radi- asion mintaqalarini bevosita o’lchashga, Erning haqiqiy shaklini va gravitasion maydoni anomaliyasini aniqlashta im- kon beradi. Oy va sayyoralarni ilmiy tadqiq qilishda oy atrofi va sayyoralar atro- Fi fazosida, oy sirtida, sayyoralar atmosferasida va sirtida bevosita o’lchashlar olib boriladi. Sayyoralararo Ka oy, Merkuriy, Venera, Mars, Yupi- ter, Saturn, uran, Neptun va ularning yo’ldoshlarini ayrim kometa (mas, Gal- Ley) va asteroidlarni tekshirdi. Oy tuprog’idan namunalar keltirildi, Mars tuprog’ida mikroorganizmlarning bor yoki yo’qligi tekshirildi (q. “Viking”). Quyoshning ultrabinafsha diapazon- dagi nurlanishni ka yordamida tadqiq qilib, uning tuzilishi, faolligi va insonning amaliy faoliyatiga ta’siri masalalarida fanni talay yangiliklar b-n boyitdi; Koinotning yuzlab rent- gen va gamma diapazonlarda nurlanuv- chi manbalarini ochdi; yuqori energiyali ob’ektlarda kechayotgan fizik jarayonlar- ning mohiyatini anglashga imkon berdi. K. vositalari, nisbiylik nazariyasi tomonidan ta’kidlangan samaralarni aniqlashga va shu asosda borliqning Fun- damental asoslarini tadqiq qilishga imkon yaratdi; aloqa yo’ldoshlari, er sharining katta qismi uchun televizion dasturlarni retranslyasiya qilib, tele- fon va telegraf aloqalarini ham amal- ga oshirmoqsa (“Molniya”, “Raduga”, “Ekran” va b.). Erga yaqin kosmik fazoni, Sayyora- lar va ularning tabiiy yo’ldoshlarini, Quyoshni, Quyosh — er va b. sayyoralara- ro bog’lanishlarni o’rganish bo’yicha il- miy eksperimentlar o’tkazish, yulduzlar evolyusiyalarini tadqiq qilish, uzoq kosmosda murakkab organik birikma- larning hosil bo’lish masalalarini tadqiq qilish va b. tadbirlar K.ning amalda bajariladigan ishlariga kira- Di. Bu esa erda hayotning paydo bo’lishi haqidagi ma’lumotlarni aniqlash uchun katta ahamiyat kasb etadi. Fundamen- tal va amaliy bilimlarni o’rganish maqsadida tibbiy-biologik eksperi- mentlar o’tkaziladi, shuningdek, yuqori energiyaga ega bo’lgan kosmik nurlarniig yuzaga kelish jarayonlari, modda va anti- moddalarning annigilyasiya hodisalari tadqiq qilinadi. Tabiiy boyliklar- ni, baliq zahiralarini izlashda, o’rmon va q. x. erdariga bahr berishda, xari- ta tuzishda kosmik suratga olish usuli keng qo’llaniladi. Texnologik jara- yonlar: kosmik payvandlash, vaznsizlik holatda kristallarni o’stirish va b. kosmik tadqiqotlarning muhim bosqichi hisoblanadi. Mac, materiallardagi ba’zi metallurgiya va kristallokimyo jarayonlarga vaznsizlikning ta’siri EPAS dasturi bo’yicha “Salyut” orbi- tal st-yasida Rossiya — AQSh kosmonavt- larining birgalikda uchishi vaqtida o’rganildi. V. A. Lyaxov va V. V. Ryumin- lar orbitada birinchi marta radiotele- skopni o’rnatdilar va uning yordamida astrofizik va geofizik tadqiqotlar o’tkazdilar. Bunda birinchi marta ikki tomonlama televizion aloqa tizimi ishga tushirildi (q. Kosmik televi- Denie). L. I. Popov va V. V. Ryuminlar (185 kun), o. Yu. Atkov (265 kun), L. D. Kizimov 265 kun, V. A. Solovyov (237 kun) kosmosda eng uzoq vaqt bo’ldilar. Kosmosda uzoq vaqt uchishning inson or- ganizmiga biologik ta’siri haqida yangi muhim ma’lumotlar olindi. “Interkos- mos” dasturi bo’yicha o’tkazilgan o’nlab tadqiqotlar erning tabiiy resurslari, meteorologik va b. ma’lumotlar haqida qimmatli axborotlar olishni ta’minla- Di. Kosmik navigasiya vositalari kema va samolyotlarning turgan o’rnini yuqori aniqlikda aniqlashga imkon beradi; kos- mik meteorologiya vositalari ob-havo ma’lumotlari aniqligini oshiradi. K. amaliyotidan kelgan foyda uning rivoj- lanishi uchun qilingan barcha sarflar- dan yuqori. K. insoniyatning rivojla- nishi uchun atrof muhitni saqlashdagi bir qancha masalalarni echishga, zararli sanoat va radioaktiv chiqindilarning to’planish xavfini bartaraf qilishga yordam beradi (yana q. Kosmik kema, Kos- mik navigasiya, kosmik tibbiyot). Meteo- rologik ESY esa er shari bo’ylab bulut- larning taqsimlanishi hodisasini, er- ning issiqlik nurlanishi xaritalarini olishda foydalaniladi, tsiklonlarning harakat yo’nalishlarini qo’llab, bu ma’- lumotlar dunyo meteorologik markazla- riga o’zatiladi va ular asosida aholi uchun kelgusi bir necha kunlik ob-havo ma’lumoti e’lon qilinadi. Erning tabiiy resurslarini aniqlash va ekologik holatini nazorat qilish borasida Esyning ahamiyati borgan sari ortib bormokda. Turli yorug’lik filtrlari yordamida esidan olingan er sirtining fotosuratlari uning yashil boyligi holati, yuqrri yuza- larining o’zgarishi, ekin zonalari va o’rmonlarning holati, dehqonchilik ish- larining borishi, kutilayotgan hosil, o’rmon yong’inlari dinamikasiga doir bir talay ma’lumotlarni beradi. Bu ma’- lumotlar dehqonchilik, chorvachilikni yo’lga qo’yishda, tabiiy ofatlarning ol- dini olishda muhim ahamiyat kasb etadi. Jahonda 1957— 2003 yillar mo- baynida kosmosga uchirilgan er sun’iy yo’ldoshlari, kosmik kemalar, avtomatik st-yalar: “azura-1” (Germaniya), “Apol- lon” (AKSH), “Asteriks-1” (Frantsiya), “Venera” (Rossiya), “Viking” (AQSh), “Vostok” va “Vosxod” (Rossiya), “Vo- yajer” (AQSh) va “Jemini” (AQSh), “Zond”, “Interkosmos”, “Kosmos” “Luna” “Mars” (Rossiya), “Merkuriy” (AQSh), “Mir”, “Molniya” (Rossiya), “Osumi” (Yaponiya), “Pioner” va “Po- lyot” (Rossiya), “Prospero” (Angliya), “Proton”, “Salyut” (Rossiya), “Skayleb” (AQSh), “Soyuz”, “Sputnik” (Rossiya), “Endever” (AKSH) va h. k. Kosmosga jami 432 kosmonavt (shu jumladan, 232 astro- navt) parvoz qilgan (2003). K. rivojlanishida o’zbekistonlik olimlarning ham hissasi bor. O’zbekistonda “Koinot” ilmiy i. ch. boshqarmasi faoliyat ko’rsatmoqda (1980 y.dan), O’zbekiston Respublika- si kosmonavtika federasiyasi tuzil- gan (1977 y.dan), iqtidorli maktab o’quvchilarining xalqaro aerokosmik maktabi ishlab turibdi (1990 y.dan, uning tashkilotchisi va rahbari akad. Sh. Vohidov). Uchuvchi-kosmonavt V. A. Jo- nibekov, Qirg’izistonning O’sh viloyati- da tug’ilib o’sgan o’zbek uchuvchi-astronav- ti Solijon Sharipov kosmosga parvoz qilishgan. K. fan va texnikaning istiqbolli yo’nalishlaridan bo’lib, insoniyatning bugungi global (demografik, energe- tik, ekologik va b.) muammolarini hal qilishda K.ga doir maxsus rejalar mav- jud. 21-a.da Marsni ekipajli Sayyora- lararo kosmik kema yordamida o’rganish, Oyda ko’p maqsadli st-yani, er atrofi orbitasida yirik Kuyosh fabrikasini va bir necha o’n ming kishiga mo’ljallangan “kosmik mustamlakalar”ni qurish loyihalari shular jumlasidan. Ekipaj- li sayyoralararo kosmik kemani Marsga uchirish loyihasini Rossiya va AQSh olimlari hamkorlikda amalga oshirish- mokda. Olti kishidan iborat ekipajni Marsga uchirish mo’ljallangan. Ayni paytda Evropa agentligi mamlakatlari, AQSh, Rossiya kosmik agentliklari b-n birgalikda qurayotgan xalqaro kosmik st-yasi (XKS) yirik kosmik industriya- ning debochasi hioblanadi. Mazkur st- yada o’nlab lab.lar ishlaydi. Ad.: Levantovskiy V. I., Mexaniqa kosmicheskogo polyota, M., 1980; Keldish M. V., Marov M. Ya., Kosmicheskoe tele- videnie, M, 1981., Umanskiy S. P., Kos- monavtika: Segodnya i zavtra, M., 1986., Kosmicheskaya Odisseya, M., 1988. Mamadmuso Mamadazimov, Abduma- jid Rahimov.