Kuvayt, Al-Kuvayt

Kuvayt, Al-Kuvayt — Kuvaytning poytaxti. Fors qo’ltig’idagi Kuvayt buxtasining Jan. sohilida. Aholisi 1 mln. kishi (1998). Iqlimi quruq tropic iqlim, o’rtacha t-ra yanv.da 11°, iyulda 34°, yillik yog’in 1000 mm dan ziyod. K. 18-a. boshidan qurila boshlagan. 1756 y.dan Saboh amirligining poytaxti. 1871 y. da K.ni turklar, 1899 y.da inglizlar bo- sib olgan. 1961 y.dan mustaqil mamlakat poytaxti. Mamlakatning savdo-moliya va taqsimot markazi. K. — yirik dengiz porti (mamlakat importining 70% K. orqali o’tadi). Avtomobil yo’llari tu- guni. Savdo firmalari, hukumat ban- klari, asosan, K.da. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Tayyor qismlardan Avto- mobil yig’ish, sovitkich, televizorlar i.ch., oziq-ovqat, tsement, neft kimyosi, kema remonti korxonalari, dengiz suvi- ni chuchuklantirib beruvchi z-D, issiqlik elektr st-yasi mavjud. Baliq ovlanadi, marvarid olinadi. Milliy un-t (1966), ilmiy tadqiqot in-tlari (neft Geo- logiyasi bo’yicha), Markaziy kutubxona (1936), etnografiya va arxeologiya muzey- lari va b. bor. 6-a.da qurilgan qad. ibo- datxona qoldiqlari saqlangan.