Laylaktumshuq, qoramashoq
Laylaktumshuq, qoramashoq [Erodium cicutarium (L.) Liherit] — yoronguldoshlar oilasiga mansub bir yillik o’t. O’rta Osiyo, G’arbiy Sibirda dasht, yaylov, tog’yon bag’irlarida, ekinlar orasida o’sadi. Bargi cho’ziq, patsimon, guli qizg’ish pushti, 3-6 tadan to’plangan. Bahordan kech kuzgacha gullaydi. Mevasi laylak tumshug’iga o’xshash uzun (nomi shundan olingan). Tarkibida oshlovchi moddalar bor. Laylaktumshuqdan tabobatda ichki organlardan qon ketishini to’xtatishda foydalaniladi.
O‘xshash so‘zlar
- Laylatul-qadr
- Layli va Majnun
- Layn, Markaziy Polineziya sporada orollari
- LAYNER
- Layosh Buyuk, Layosh I
- Lazareva Valentina Danilovna
- Lazer
- Lazer asboblar











