Madaminbek

Madaminbek, Muhammad Amin- bek Ahmadbek o’g’li (1892, Marg’ilon yaqinidagi So’kchilik qishlog’i — 1920.14.5, Farg’ona vodiysidagi qorovul qishlog’i) — Turkistonda sovet reji- miga qarshi kurash harakati namoyan- dalaridan biri (1918-20), muvaqqat Farg’ona hukumati raisi (1919-20). Boshlang’ich maktabda savod chiqargach, mahalliy boylar va ruslarning savdo do’konlarida ishlagan. Birinchi jahon urushi arafasida podshoga qarshi faoli- yati uchun polisiya tomonidan qo’lga oli- nib, 14 y.ga Sibirdagi Nerchinsk degan joyga katorga qilingan (1914). 1917 y. Fev. inqilobidan keyin M. ozodlikka chiqqan. “Sho’roi ulamo” tashkilotining rahbarlari uni Marg’ilon sh. mirshabla- ri boshlig’i lavozimiga tavsiya qilishgan. Turkistonda bolsheviklar hokimiyatni zo’ravonlik b-n egallagach, Farg’ona VI- loyati harbiy komissari K. Osipov uni Marg’ilon milisiyasi boshlig’i etib tay- inlaydi. Biroq sovet rejimining siyo- sati M.ni ozodlik uchun kurashga unda- gan. 1918 y. mart oyining boshlarida u o’z milisionerlari b-n bolsheviklarga qarshi kurashuvchilar safiga o’tgan. M. 1000 — 1500 yigit to’plab, Marg’ilon va Toshloq atroflarida qizil askarlarga qarshi dastlabki janglarni boshlagan. 1918 y. yanv.da M. qo’l ostida 16000 kishidan iborat qo’shin bo’lgan bo’lsa, o’sha yil kuzida ularning soni 30000 kishidan ortib ketgan. M. xalq ora- sida katta obro’ga ega bo’lgan. U vo- diydagi sovet hokimiyati organlariga muqobil ravishda o’z siyosiy boshqaruv usulini o’rnatgan. Andijon uezdidagi Oyimqishloq (hoz. Andijon viloyati Jalolquduk, tumani)da bo’lgan Farg’ona vodiysi qo’rboshilarining qurultoyida (1918 y. noyab.) milliy ozodlik harakati qatnashchilarining Oliy bosh qo’mondoni etib saylangan. 1918 y.ning oxiridayoq mustaqil harakat qilishga urinayotgan Yi- rik qo’rboshilarning faoliyatini M. boshqarishga muvaffaq bo’ldi. M. yigit- lari o’rtasida harbiy intizom kuchli edi. Uning yigitlari qizil armiyaga qarshi jang qilish b-n bir qatorda bosqinchi va talonchilardan iborat ayrim mahalliy kichik to’dalarga qarshi ham shafqatsiz kurashganlar. M. 1919 y. 2 sent.da Jalolobodda K. Monstrov b-n ittifoq tuzgan (q. Kre- styanlar armiyasi). 1919 y. sent. — okt. da uning qo’shini Jalolobod, O’sh va Marg’ilonni qizil askarlardan ozod qilgan, biroq Andijon uchun bo’lgan Jan- glarda engilgan. M. Buxoro amiri Sayd Olimxon va Xiva xonligining amalda- gi hukmdori Junaydxon b-n qizil ar – miyaga qarshi birgalikda kurashish uchun muzokaralar olib borgan. Afg’oniston va Turkiyaga o’z vakillarini jo’natgan. Rossiyaning Qashqardagi sobiq konsuli Uspenskiy va Buyuk Britaniyaning bosh konsuli P. Eserton orkali Evropa dav- latlari va AQShdan bolsheviklarga kar- shi kurash olib borish uchun iqtisodiy va harbiy yordam olishga intilgan. Po- Mirning Ergashtom (Irkeshtom) ovulida bo’lgan yirik anjumanda (1919.22.10) M. boshchiligida Farg’ona muvaqqat mux- toriyat hukumati tuzilgan. M. hukumat boshlig’i bo’lish b-n bir qatorda Oliy bosh qo’mondon etib ham saylangan. Sovet rejimi va bolsheviklar mil- liy ozodlik xarakatiga qarshi kurashish uchun Rossiya markazidan doimiy ravish- da Turkistonga yangi-yangi qizil askar qismlari tashlangan. 1920 y. yanv. oyi- ning o’rtalariga kelib Farg’ona vodiysi- da jangovar tashabbus vaqtinchalik qizil armiya qo’liga o’tgan. M. vaqtdan yutish uchun 2-Turkiston o’qchi diviziyasining boshlig’i N. A. Veryovkin Roxalskiy b-n Skobelev (hoz. Farg’ona) sh.da yarash biti- mini imzolagan (1920.6.3). M. b-n birga sovet hokimiyati tomoniga uning o’nlab qo’rboshilari va 3500 ta yigiti ham o’tgan. Sovet qo’mondonligi tomonidan muzokaralar o’tkazish uchun qo’rboshilar orasiga yuborilgan M. Xolxo’ja Eshon buyrug’i b-n qirg’izlarning qorovul otlog’i atrofida xiyonatkorona o’ldirilgan (1920.14.5). Uning qabri hoz. Qirg’iziston Respublikasi hududi — Olay vodiysidagi Shig’ay qishlog’ida. M. sovet rejimi davrida “bosma- chi” sifatida nohaq qoralanib, uning faoliyati soxtalashtirilgan. M.ning serqirra faoliyati haqida O’zbekiston, Italiya, Germaniya, Turkiya, Saudiya Ara- bistoni va b. mamlakatlarda i.t.lar olib borilmoqda. Ad.: Ibodinov M., Qo’rboshi Mada- minbek, T., 1993; O’zbekistonning yangi tarixi. 2-kitob [O’zbekiston sovet mu- stamlakachiligi davrida], T., 2000; tur- Kestan v nachale XX veka: k istorii is- Tokov nasionalnoy nezavisimosti, T., 2000; Karimov I., Madaminbek, T., 2002; Rajabov Q. Xaydarov M, Turkiston tari- XI (1917-1924), T., 2002. Qahramon Rajabov.