Magnit dielektriklar

Magnit dielektriklar (magnit va dielektriklar) — magnit kirituvchanligi va elektr qarshiligi yuqori bo’lgan, uyurma toklar kam yo’qoladigan materiallar; magnit materiallarning bir turi. Bir-biridan elektr jihatdan izolyatsiya kilingan ferromagnetik zarralardan iborat bo’lib, ular dielektriklar bilan yagona massaga tutashtirilgan. Magnit jihatdan yumshoq Magnit dielektriklar ferromagnit qotishmalar (masalan, nikelli temir) ning karbonil temirning kukunlariga, magnit jihatdan yumshoq ferritlarga suyuq shisha, rezina va boshqa moddalar qo’shib olinadi. Bunday Magnit dielektriklardan induktiv g’altak, yuqori chastotali transformatorlarning o’zaklari tayyorlanadi. Magnit jihatdan qattiq Magnit dielektriklar tarkibida nikel-alyuminiy po’latlar, bariy yoki strontsiy ferritlari, temir-kobaltli qotishmalarning kukunlariga turli dielektriklar qo’shib olinadi. Ular kichik magnitlar, magnitli yozib olish uchun lentalar va boshqalar ishlab chiqarishda qo’llaniladi.