Magnituda

Magnituda (lotincha magnitudo — miqdor, o’lcham), zilzila magnitudasi — zilzila yoki portlashdan vujudga keladigan taranglik tebranishi umumiy energiyasini tavsiflovchi shartli o’lcham; fanga 1940-yillarning boshlarida Amerikalik tadqiqotchilar Ch. Rixter va B. Gutenberglar tomonidan kiritilgan. Tebranish energiyasi logarifmiga to’g’ri proportsional. Odatda, seysmograflar qayd qilgan tebranish davrining amplituda maksimumiga nisbatan aniqlanadi. Magnituda tebranish manbaining energiyasi bo’yicha qiyoslashga imkon beradi. M.ning bir birlikka ortishi tebranish energiyasining yuz marta ortishiga muvofiq keladi. Ma’lum bo’lgan eng kuchli zilzilalar Magnitudasi 9 dan oshmaydi (taxminan 10″ .J” yoki 1026 erg ga muvofiq keladi). Ballarda hisoblanadigan zilzila kuchi yer yuzasida sodir bo’lgan larza va vayronagarchiliklar bilan baholanadi va u Magnitudadan tashqari episentral zonadagi zilzila o’chog’ining chuqurligi va geologik sharoitlariga ham bog’liq. Zilzila o’chog’i chuqur bo’lmaganda vayronagarchilik episentrda 5 Magnitudadayoq boshlanadi, agar zilzila o’chog’i bir necha yuz kilometr chuqurlikda bo’lsa 7 Magnitudada ham vayronagarchilik deyarli kuzatilmaydi. Magnituda — 0 da kuchsiz tebranish bo’lib, episentr yaqinida o’rnatilgan asbobgina qayd qila oladi; Magnituda — 5 li zilzilada oz-moz buzilishlar bo’ladi; Magnituda — 7 da kuchli zilzila; Magnituda — 8,5—8,9 da eng kuchli zilzila sodir bo’ladi. Magnituda < 25 xatolik bilan aniqlanadi.