MAGOMAEVLAR

MAGOMAEVLAR — Ozarbayjon san’atkorlari sulolasi. Magomaev AB- dulmuslim Magomet o’g’li — kompozitor, Ozarbayjonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1935). Milliy musiqa teatri assochilaridan, birinchi Ozarbayjon Di- rijyori. 1911 y.dan u.Hojibekov tashkil etgan milliy opera guruhida ishlagan. Ozarbayjon opera va balet teatri direk- tori va bosh dirijyori. Kompozitorlik ijodida Evropa musiqa tamoyillari b-n xalq qo’shiqchilik san’atini uzviy bog’lashga intilgan. “Shoh Ismoil” mu- gom operasi (1916), “Nargiz” operasi (1935; 1938 y.da O’zbek musiqali teatrida sahnalashtirilgan), ommaviy qo’shiqlar, simfonik asarlari mashhur. 300 dan ortiq xalq kuylarini to’plab, birinchi Ozarbayjon xalq qo’shiqlari to’plamini nashr etgan (1927, u.Hojibekov b-n bir- galikda). Magomaev Muslim Magomet o’g’li (1942.17.8, Boku) — opera va estrada xo- nandasi (bariton). Abdulmuslim Mago- Maevning nevarasi. Xalq artisti (1973). Milandagi “La Skala” teatrida malaka- sini oshirgan (1964-65). Ozarbayjon konservatoriyasini tugatgan (1968). 1963 y.dan Ozarbayjon opera va balet teatri- da yakkaxon xonanda. Ozarbayjon davlat estrada-simfonik orkestri tashkilotchi- si va badiiy rahbari (1975-89). Kuchli va nafis ovoz sohibi. Ijro uslubiga ba- diiy ko’tarinkilik, jo’shqinlik xosdir. Kontsert repertuaridan Evropa va ozar- bayjon operalaridan ariyalar, shuning- dek, romans, estrada va xalq qo’shiqlari o’rin olgan. Bir necha qo’shiqlar mualli- Fi. Amerika, Evropa va Osiyo mamlakat- larida, shu jumladan, bir necha marta O’zbekiston (1966, 1972 va b.)da gastrol- da bo’lgan. Xalqaro estrada xonandalari tanlovlari (Kann, Sopot, 1969) g’olibi.