“MADAD” SUG’URTA AGENTLIGI

“MADAD” SUG’URTA AGENTLIGI – O’zbekistondagi yirik sug’urta agentligi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 y. 26 iyundagi qaroriga ko’ra, ochiq aktsiyador- lik jamiyati sifatida tashkil etil- gan. Agentlikning asosiy aktsiyador- lari O’zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo’mitasi (hissasi 25%), tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki (17,91%), “O’zsanoatqurilish” banki (13,7%), “O’ztadbirkorbank” (17,70%), boshqa yuridik shaxslar (21,24%) va jis- Moniy shaxslar (1,75%). Agentlikning asosiy vazifasi keng ko’lamdagi sug’urta xizmatini ko’rsatish, shuningdek, Xu- susiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirishga yo’naltirilgan in- vestisiyalarning sug’urta himoyasini ta’minlashdan iborat. Sug’urtaviy himoya b-n ta’minlash yuzasidan yukla- tilgan vazifalarga muvofiq, agentlik sug’urtaning o’ndan ortiq turini amalga oshiradi. Agentlikning sug’urtaviy maj- buriyatlari portfelida mulk sug’urtasi, baxtsiz hodisalar oqibati sug’urtasi, kasb mas’uliyati sug’urtasi turlarining salmog’i yuqori. Kreditning garov b-n qoplanmagan qismini qaytarmaslik holatidagi javobgarlik sug’urtasi ki- chik va o’rta biznes sub’ektlarining loyihalarini moliyalashtirish muammo- larini echishda keng qo’llaniladi. Bu tur bo’yicha agentlik 2001-2002 y. davomi- da tuzgan shartnomalari soni 1800 dan ortiq, sug’urta majburiyatlari 10 mlrd. so’mni tashkil etdi. Agentlik faoliyat davrida 4 marta aktsiyalar emissiyasini amalga oshirdi. Agentlikning Nizom jamg’armasi 250 mln. so’m, sug’urta muko- fotlari 460 mln., to’langan qoplamalar hajmi 161,9 mln. so’m (2002). Mo’min Ashurov.