Magnitofon

Magnitofon (magnit va-… fon) — tovush (nutq, musiqa) ni magnit Len- taga yozib olish va qayta eshittirish uchun mo’ljallangan apparat. Kasb b-n bog’liq (professional), dispetcherlik, maishiy (ro’zg’orda foydalaniladigan), maxsus, muqim (stasionar) va portativ (ixcham; ham batareyadan, ham elektr manbadan ishlaydigan) xillari bo’ladi. M., aso- san, lenta (tasma) tortish mexanizmi; lentani teskari o’rash mexanizmi; yozib olinadigan va kayta eshittiriladigan tovush signallarni kuchaytirgich; magnit kallak; akustik tizim (radiokarnaylar) dan iborat. Tovush signallari apparat- dan magnit kallak orqali bevosita mag- nit lentaga (tovushni yozib olishda) yoki akustik tizim (radiokarnaylar) ga (to- vushni qayta eshittirishda) uzatiladi. Tovushni yozib olish yo’llari soni bo’yicha M. bir va kup (8 tagacha) yo’lli; magnit lentaning joylashuviga ko’ra, kassetali va g’altakli xillarga bo’linadi. Odat- da, M.da bitta (monofonik) yoki ikkita (stereofonik) yozib olish — qayta eshit- tirish kanali bo’ladi. M. magnit lenta- larining harakatlanish tezligi 38,1; 19,05; 9,53; 4,76; 2,4 m/s. Hozir ishlab chiqarilayotgan aksar M.lar lentalari- ning harakatlanish tezligi 4,76; 2,4 m/s. Magnit lentaga yozib olingan tovushni o’chirib, ayni paytda o’rniga yangisini yozib olish mumkin. M.da lentani teska- ri o’rash tezligi ish tezligiga nisbatan 5-10 marta yuqori (yana q. Magnitola, Magnitoradiola).