Magnitostriktsion materiallar

Magnitostriktsion materiallar — magnitlanganda o’z shakli va o’lchamlarini o’zgartirish (magnitostriktsiya) xususiyatiga ega bo’lgan materiallar. Nikel, ferritning ba’zi turlari, temirnikel, temir-kobalt va temir-alyuminiy qotishmalari Magnitostriktsion materiallar hisoblanadi. Temir-nikel qotishmalarning magnit o’tkazuvchanligi yuqori bo’ladi. Ulardan ixcham kuch transformatorlarining o’zaklari, magnit kuchaytirgichlar, kontaktsiz rele va boshqalar tayyorlanadi. Temir-kobalt qotishmalarning magnitostriktsiya xususiyatlari juda yuqori bo’ladi. Ulardan kuchli magnitostriktsiya o’zgartirgichlarnint o’zaklari va boshqalar tayyorlanadi. Temir-alyuminiy qotishmalarning magnitostriktsiya xususiyati yuqori bo’lishi bilan birga solishtirma elektr qarshiligi katta va mustahkam bo’ladi. Ulardan ham magnitostriktsion o’zgartirgichlarning o’zagi tayyorlanadi.