Magnitooptika

Magnitooptika, magneto- optika — magnit maydoni ta’sirida muhitning optik xossalari o’zgarishini o’rganadigan fizika bo’limi. Magnit maydonidan yorug’lik o’tkazilganida qutblanish tekisligining aylanishi (Faradey effekti), spektr chiziqlarning qo’shimcha chiziqlarga ajralishi (Zeeman effekti) kabi hodisalar ro’y beradi. M.da magnit maydoniga tik va shu maydon yo’nalishidagi yorug’lik jismga tushgani- da har xil yutilishi, magnit maydoni ta’sirida muhitning optik anizotropi- yaen kuzatiladi. Muhit sirtidan yorug’lik qaytganida optik anizotropiya ham ro’y beradi. M. 20-a. 60 — 70-y.larida jadal ri- vojlandi: yarimo’tkazgichlar, ferrit va antiferromagnetik singari kristallar- ning xossalari yaxshi o’rganildi. Bunday materiallardan yorug’lik qaytganida yoki yutilganida (kuchli magnit maydonida) yangi spektral seriyalar — Landau spek- trlari paydo bo’lar ekan. Bu spektrlar- ning ajralishi elektronning xususiy spini b-n bog’liq. M.da Zeeman effek- ti ham o’rganiladi. Shaffof ferrit va antiferromagnetiklar, diamagnetik va paramagnetiklarga karaganda asosiy rolni bu muhitlarning ichki magnit maydonlari o’ynaydi (bunday maydon- larning kuchlanganligi 105 — 106 E gacha etadi), bunday materiallar juda tez (kuchli) magnitlanish xususiyatiga ega bo’ladi (Kerr effekti). Shu sabab- li, shaffof ferrit va antiferromag- netiklar lazer nurlarini boshqarishda, elektron-hisoblash mashinalarida va b.da ishlatiladi. M. usullari jismlar- ning kvant holatlarini, fizikkimyoviy tuzilishini tekshirish, taxlil qilish va b. sohalarda juda ko’p ishlatiladi.