MAGNITOSTRIKTSIYA
MAGNITOSTRIKTSIYA (magnit va lotincha strictio — qisilish, taranglashish) — kristall jismning magnitlanganda o’lcham va shakllari o’zgarishi; kristall panjaraning magnit maydonida energetik holatining, shuningdek, panjaradagi tugunlari orasidagi masofaning o’zgarishiga olib keladi. Ferro-va Ferrimagnetiklarda zarralarning magnitli o’zaro ta’siri juda yuqori bo’lgani uchun Magnitostriktsiya eng katta qiymatga erishadi. Magnitostriktsiya hodisasiga teskari hodisa Villari effekti hisoblanadi.
O‘xshash so‘zlar
- Magnitostriktsion materiallar
- Magnitostriktsion o’zgartirgich
- Magnituda
- Magniy
- Magniy birikmalari
- Magniy oksid
- Magniy perxlorat
- Magniy rudalari







