Mahalliy byudjetlar

Mahalliy byudjetlar – dav- lat byudjetining tegishli viloyat, tuman, shahar pul mablag’lari jamg’armasini tashkil etuvchi bir qismi. M.b.da daro- madlar manbalari va ulardan tushumlar miqsori, shuningdek, moliya yili mo- baynida aniq maqsadlar uchun ajrati- ladigan mablag’lar sarfi yo’nalishlari va miqdori nazarda tutiladi. M.b.ning daromadlari mahalliy soliqlar va yig’imlar hamda to’lovlardan tashkil topadi. M.b.ning mablag’lari hududiy rivojlanishning moliyaviy manbala- ridan biri hisoblanadi. M.b. har bir mamlakat davlat byudjetining ajralmas qismidir. O’zbekiston hududida birinchi M.b. dastlab O’rta Osiyoda Rossiya mustamla- kachilik hukmronligi o’rnatilganidan keyin shahar va viloyat byudjetlari si- fatida 19-a.ning70-y.laridan shakllana boshladi. Keyinchalik uezd byudjetla- ri tuzildi. Bu byudjetlarning hajmi aholining soni va ehtiyojlarini e’ti- borga olmay, chor Rossiyasining Turki- ston general-gubernatorligi Markaziy apparati amaldorlari tomonidan belgi- lanar va eng ko’p qismi boshqaruv, poli- tsiya, sud organlariga sarflanardi. O’zbekistonda birinchi marta za- monaviy ko’rinishdagi M.b. 1924-25 y.larda vujudga keldi (q. Davlat byud- jeti). O’zRda M. b.ning daromad manba- lari ichida qo’shilgan qiymat solig’i va aktsiz solig’idan normativlar bo’yicha ajratmalar etakchi o’rinni egallaydi. Bundan tashqari, resurslar soliqlari va b. soliqlar (suv resurslaridan foyda- langanlik uchun soliq, ekologiya solig’i, infratuzilmani rivojlantirish solig’i va b.) ham M.b.ni shakllantirishda qatnashadi. M.b. mablag’lari hisobidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda fan, ta’lim, madaniyat, sog’liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport, ijtimoiy ta’minot, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini ta’minlash, byud- Jet tashkilotlarini saklash, iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning maqsadli dasturlari va tadbirlarini amalga oshirish va b. moliyalashtiriladi. M.b.ni tuzish, shakllantirish, xara- jatlarni moliyalashtirish masalalari O’zRning 2000 y. 14 dek.da kabul qilingan “Byudjet tizimi to’g’risida” qonuniga muvofiq amalga oshiriladi. Abdurazunat Boymurodov.