Maska
Maska (Fransuzcha masque, italyancha machera so’zidan) — 1) niqob; 2) jasad yuzidan gips va boshqa materiallar yordamida olingan quyma. Ko’pgina qadimgi xalqlarda ko’milgan jasad yuziga oltin va boshqa quymasidan Maska kiygizilgan; 3) tibbiyotda narkoz berish, fizioterapevtik muolaja qilish yoki aseptika maqsadida bemor yuziga qo’yiladigan maxsus moslama yoki doka; 4) kosmetikala davo yoki terini parvarish qilish maqsadida yuz yoki bo’yinga surtiladigan krem yoki dori qatlami; 5) sportchining himoya aslahasi (qilichbozlik, hokkey va boshqa o’yinlarda). Yuzini shikastlanishdan saqlaydi.
O‘xshash so‘zlar
- Maskat
- Maskan
- Maskaren orollari
- Maslahat oshi, to’y kengashi
- Masnaviy
- MASS
- MASS-SPEKTROMETRLAR
- Mass-spektroskopiya











