Mayl

Mayl — tirik organizmning bi- ror ehtiyojini qondirishga intilishi. U qo’msash, noaniq ichki dard, sabab- siz zerikish tuyg’ulari tarzida kechishi mumkin. Intilish, havas, tilak, xohish, ishtiyoq, hatto orzu ko’rinishlarida ham mujassamlashali. U bajo keltirilgan taqdirda kishiga mamnuniyat baxsh eta- Di. M. kishidagi qobiliyat yoki endigina shakllanib kelayotgan individual xis- latlarning darakchisi sifatida erta na- moyon bo’lali. M.larning ba’zilari ri- vojlanib, shaxsiy ehtiyoj va qiziqishga aylanadi, ba’zilari esa tormozlanib, batamom barham topali yoxud birining o’rnini ikkinchisi egallayli. Ijobiy yo salbiy, kuchli yoki zaif, ko’lami keng yoki tor, barqaror yo o’tkinchi M.lar bo’ladi. Odatda, M.-istakning orzu tizimi izchil bog’liqlikka ega. M.ning angla- shilgan darajasi moyillik deb ata- ladi. Moyillik shaxsni aniq faoliyat b-n shug’ullanishga qo’zg’atuvchi turt- kidir. Moyillik negizida faoliyatga yo’naltirilgai barqaror ahtiyoj va unga taallukli ko’nikmalarni takomillashti- rishga intilish yotadi.