Mehtar

Mehtar (fors. — ulug’, janob) — saroy mansablaridan biri. Somoniylar davlatida boobro’shaxslar, davlat ar- konlari. Ba’zi manbalarda M. “qishloq oqsoqoli” yoki “otboqar, Sayis” — ma’- nolarida ham qo’llanilgan. Buxoro xon- ligida M. hukmdorga yaqin 4 davlat man- sabdorlaridan ikkinchisi bo’lib, ba’- zan u oliy farmonga muvofiq, saroyga otdan tushmagan holda kirishga haqli hisoblangan. M. zimmasiga zakotdan, shu- ningdek, tovar, aqcha, don, chorva singari tushumlarning qonunga binoan, zarur o’rinlarda ishlatishni nazorat qilish vazi-fasi yuklatilgan; 2) Qo’qon va Xiva xonliklarida davlat xazinachisi; 3) o’tmishda xon saroyida xizmat qiluvchi surnaychi, karnaychi, nog’orachi va doira- chilardan iborat sozandalar guruhining etakchisi va boshlig’i. M.lar eng mohir, tajribali, maxsus surnay yo’llarini va nog’ora usullarini puxta egallagan ustoz surnaychi yoki nog’orachilardan tayinlan- gan. Xalq orasida tarqalgan qo’g’irchoq o’yinlari tomoshalariga jo’r bo’luvchi, shuningdek, to’ybazmlarda, milliy bay- ramlarda, sayillarda ishtirok etuv- chi surnaykarnay-nog’ora dastasining boshlig’i ham M. deb yuritilgan.