MEHTAR QOSIM KO’PRIGI

MEHTAR QOSIM KO’PRIGI – 16-a.ning 2-yarmiga oid gidrotexnika in- shooti — g’isht ko’prik; 19-a. oxiri — 20- a. boshlarida vayron bo’lgan. Qoldiqlari Buxorodan 22 km shim.Sharqda, bu- xoro—G’ijduvon—Samarqand yo’li orqasida (Qavola va Chorbog’qishlokdari oralig’ida Qorako’ldaryoning eski o’zani tubida) saqlanib qolgan. Bunday qad. suv inshootlari manbalarda “Qantara”, “Sari pul”, “puli Sangin”, “tosh ko’prik”, “g’isht ko’prik”, “taxta pul”, “Pul sirot” nomlari ostida tilga oli- nadi. Bu tarixiy inshoot Buxoro aholisi o’rtasida sari puli Mehtar Qosim nomi b-n mashhur bo’lgan. Nomlanishicha, dare ustida bino qilingan bu ko’prik Buxo- ro amirligi zakotchisi Mehtar Qosim mablag’iga qurilgan. 18-a. muallifi Mirza Badi’devonning yozishicha, bu in- Shoot 11 ravoqli bo’lgan. 1962 y. akad. Ya. G’ulomov boshliq Mohondaryo arxeologik ekspedisiyasi tomonidan uning 2 ravog’i poydevorlarining qoldiqlari Qorako’l Daryo o’zani tubidan topib tekshirilgan. Ravoq poydevorlari oralig’i 6 m, ravoq poydevori har birining eni 3 m, uz. esa 8 m ga teng bo’lib, suvga chidamli qurilish qorishmasi — qir b-n to’rtburchak sha- klida pishiq g’ishtlardan ishlangan. Qurilish qorishmasi ohak, pista ko’mir va ganch aralashmasidan tayyorlangan. 26-26*27-27— 5 sm hajmdagi pishiq g’ishtlarning mu-stahkamligi o’rtacha 150 kg/sm2 ni tashkil etadi. Saqdanib qolgan qismlarining o’lchamlariga qarab hisoblaganda, ko’prikning uz. 120 m, eni 6 m bo’lgan. Bu inshootdan o’z davrida aholi va transportlar qatnovi b-n bir qatorda Zarafshon daryosi oqimini o’lchash va uni dehqonchilik tumanlariaro taqsimlashda ham foydalanilgan. Mirza Badi’de- Vonning “Majma’ul-arqom” asarida ko’rsatilishicha, Zarafshon oqimining 11 ravoqqa teng suvi sug’orish mavsumida Buxoro miroblari tomonidan M.Q.k.dan o’tkazilib, Romitan, Jondor va Qorako’l tumanlariga taqsimlanib berilgan. Ad.: Mirza Badi’divan, madjma’ al arkam (“Predpisaniya fiska”) (priyomi dokumentasii v Buxare XVIII v.), Fak- simile rukopisi [Vvedenie, perevod, Primechanie, prilojenie A. B. Vilda- novoy], M., 1981;Muhammadjonov A., O’zbekistonning qadimgi gidrotexnika inshootlari, T., 1997. Abdulahad Muhammadjonov.