Metall bog’

Metall bog’ — kimyoviy bog’ning bir turi, metallning kristall panja- ra tugunlarida (uchlarida) joylashgan musbat zaryadli ionlar b-n electron gaz (valent elektron)ning o’zaro ta’si- ri natijasida yuzaga keladi. Metallar o’ziga xos eng muhim fizikkimyoviy xos- salari b-n boshqa oddiy va murakkab moddalardan farq qiladi. Bu xossalar faqat metallargagina mansub bo’lgan metall boglanish mavjudligi tufayli namoyon bo’ladi. Metall atomida valent elektronlar soni oz, lekin elektronlar b-n to’lmagan orbitallar ko’p. Valent elektronlar metall atomining yadro- si b-n ancha bo’sh bog’langanligi sababli kristall panjara ichida erkin harakat qiladi. Bu elektronlar harakati gaz qonunlariga bo’ysunganligi uchun ularni elektron gaz deb ataladi. Demak, nisba- tan ancha kam mikdordagi valent elek- tronlar ko’p mikdordagi metall ionla- rini o’zaro bog’lab turadi. M.b. metallar, metall qotishmalari va intermetall bi- rikmalar uchun tavsifli bo’lib, nafaqat ularning qattiq kristallarida, balki suyuq va amorf holatlarida ham saqlanib qoladi.