Metallar korroziyasi

Metallar korroziyasi – me- tallarning atrofidagi muxit b-n ki- myoviy yoki elektrokimyoviy ta’sirla- shuvi oqibatida emirilishi. Asosan 3 bosqichdan iborat: reaktsiyaga kirishuvchi moddalarning fazalar chegarasiga — re- aktsiya zonasiga kelishi; reaktsiya; reak- tsiya mahsulotining reaktsiya zonasidan chetlashishi. Bu bosqichlarning har biri, o’z navbatida, elementar bosqichlardan iborat. M.k. kimyoviy va elektrokimyoviy xillarga bo’linadi. Kimyoviy M.k. me- tallarning oksidlanishi va oksidlovchi komponentning qaytarilishidan iborat. Bunday korroziya elektr o’tkazmaydigan agressiv mu-hitda sodir bo’ladi. Elek- trokimyoviy M.k. metallarning elektr toki utkazadigan suyuq muhitda — elek- trolitlar eritmasida emirilishi. Bun- da metall zarralari elektrolit eritma- sida eritmaga o’tadi. M.k. emirilish xarakteriga kura, quyidagi turlarga bo’linadi: tekis, mahalliy, kristallitlararo va korrozi-on darz. Korroziya natijasida har yili yig’ilgan va inson ishlatadigan bar- cha metallarning 1-1,5% i yo’qoladi. Metallarni korroziyadan saqlash uchun ba’zi tadbirlar ko’riladi (mas, legir- lovchi elementlar: xrom, nikel va b. qo’shiladi).