Mo’mataloq

Mo’mataloq, tsianoz, ko’karish — shikastlanish natijasida teri va shilliqpardaning ko’karishi. Venalarda qon dimlanishi sababli qon aylanishi buzilganda qondagi kislorodning kamay- ib ketishidan yuzaga keladi. Badan lat eganda ham terida M. kuzatiladi, bunda latta ho’llab bosish yaxshi naf beradi. Mo’min (Arab. — e’tiqod qiluvchi, dinga ishonuvchi) — ilk Islom davrida Madina jamosi (q. Umma) a’zosi. Shar’- iy amallarni to’kis bajaruvchi shaxs esa Muslim deb atalgan. M. va Muslim lug’aviy jihatdan bir-biridan tafovut qilingan. Keyinchalik ular bir mazmun- da tushuniladigan bo’lgan. Qur’-onda M. so’zi Allohning sifati va dindor e’tiqodining ichki, axloqiy tomonini aks ettiruvchi alohida tushuncha sifati- da qo’llanilgan. M. — oddiy xalq tilida yuvosh, muloyim odam degan ma’noni ham bildiradi.