Monopsoniya

Monopsoniya (mono… va Yun. Opsonia — sotib olmoq) — bozor holati, bozorda xaridorning hukmron mavqega ega bo’lishi. M.da bir nechta sotuvchilar va bir yirik xaridor ishtirok etadi. Bo- zorda xaridor o’z hukmini o’tkazib, etak- chi mavqeni egallaydi, xarid hajmini kamaytirib, ishlab chiqaruvchilarni narxni pasaytirishga majbur etadi. AK- sariyat resurelar bozorida paydo bo’ladi (ishlab chiqaruvchi yutug’i xaridor-is- te’molchiga o’tadi). Resurslarni davlat qat’iy narxlarda xarid etganda, davlat buyurtmalarida ham M. vujudga keladi. Mas, davlat avianoses, kosmikraketa ob’ektlari kabi qimmat va murakkab qurol-aslahalar xaridori bo’ladi. Bu holda oldisotdi bitishuvchi tomonlar uchun kelishuvning narxini ham o’z ichiga oladigan, o’zaro majburiyatlarini nazar- da tutadigan kontraktlar — bitimlar bo’yicha amalga oshiriladi. Keng ma’noda — narxlar shakllanishiga xaridorlar, tovar va xizmatlar iste’molchilari hal qiluvchi ta’sir ko’rsatadigan barcha bo- zorlarga nisbatan qo’llanadi.