Montekarlo

Montekarlo — Monakodagi shahar, moviy qirg’okda joylashgan. Aholisi 13,2 ming kishi (1990-y.lar o’rtalari). O’rta dengiz bo’yidagi port. Iqlim kurorti. Xalqaro turizm va bank operasiyalarining yirik markazi. O’zining kazinolari b-n dunyoga tanilgan. Kema ta’mirlash korxonalari, opera tea- tri, nafis san’at muzeyi bor. Har yili xalqaro tsirk san’ati va b. festival- lar o’tkaziladi. M.-K.da turizm bo’yicha Xalqaro akademiyaning shtab-kvartirasi joylashgan.