Muhammad Haydar Dug’lot

Muhammad Haydar Dug’lot, Mirzo Haydar (1499, Toshkent — 1551, Qashqar) — tarixchi, davlat ar-bobi. Muhammad Husayn Ko’ragonning o’g’li, onasi xub Nigorxonim Yunusxonning kichik qizi, Boburning onasi — Kutlug’ Nigorxonimning singlisi edi. 1508-09 y.larda Shayboniyxon buyrug’i b-n otasi qatl qilingach, yosh M.H.ning hayoti xavf ostida qoladi. Muhammad Husaynning ishonchli kishilaridan biri Mavlo- no Muhammad ko’p qiyinchiliklar b-n M.H.ni Buxorodan Badaxshonga olib qochadi. 1509 y. Kobulga — Bobur sa- royiga olib keladi. Bobur unga yuksak ehtirom ko’rsatadi. Mirzo Haydarning yozishicha, Bobur unga ota o’rnida otalik qiladi. 3 yildan so’ng Mirzo Haydar An- dijonga — Sulton Sa’idxon huzuriga ketadi va xonning oxirgi kunigacha u b-n birga bo’ladi. 1514 y. Qashqarda Sulton Sa’idxon hokimiyati o’rnatilgach, Mir- zo Xaydar u b-n birga Qashqarga keladi. Xon barcha qo’shin salohiyati va saltanat ishlarini unga ishonib topshirib, che- klanmagan huquqqa noyil qiladi, shu- ningdek, Sulton Sa’idxonning o’g’li — valiaxd Abdurashidning tarbiyasini xam unga topshiradi. Sulton Sa’idxon davrida Mirzo Haydar Badaxshon, ko- firiston, Tibet, Lodak va b. ko’pgina harbiy ekspedisiyalarga rahbarlik qiladi. 1533 y.da Sulton Sa’idxon va- FOT etgach, taxtga uning o’g’li Abdurashid o’tiradi. Ammo, Dug’lotlar xonadonida vujudga kelgan qarama-qarshiliklar M.H.ni mamlakatni tashlab ketishga majbur kidali. M.H. avval Badaxshonda sargardonlikda yurib, so’ngra Lohurga — Boburning o’g’li Komron Mirzo huzuriga boradi. 946/1539—40 – y.larda M.H. Agrada Humoyunga qo’shiladi.948/ 1541 y.da Qashqar zabt etilgach, M.H. Bobu- riylar nomidan Qashqarda hukmronlik qiladi. Haqiqatda esa o’z-o’ziga mustaqil hukmron edi. Tog’qabilalari b-n bo’lgan to’qnashuvda M.H. halok bo’lgan. M. H. mashhur “tarixi Rashidiy” nomli asar va “Jahonnoma” nomli Geo- grafiyaga oid turkiy she’riy risola mu-allifi. “Tarixi Rashidiy” Sharqiy Turkiston, Qozog’iston va O’rta Osiyo- ning 15— 16-a. 1-yarmidagi tarixiga oid qimmatli manbadir. M.H. bu asa- rini Kashmirda, bir necha yil mobay- nida yozgan. Asar 2 qism — “daftar- lar” (kitoblar)dan iborat. 1qismda Mo’g’uliston va Qashqarda hukmronlik qilgan chig’atoiylar tarixi — Tug’luq Temur davridan Abdurashidxon (Rashid- xon) davrigacha izchil bayon etilgan bo’lib, u 1546 y., ya’ni 2qismdan keyin yozilgan. 2qism 1541-42 y.larda tugatilgan, u hajm jihatdan 1qismdan to’rt marta katta bo’lib, muallifning xotiralari- dan iborat. Bu asar “Boburnoma” kabi memuar adabiyotning yorqin namunasi hisoblanadi. As: Mirzo Muxammad Xaydar, Tarixi Rashidi (Vvedenie, Per. S Pers. A.Urunbaeva, R.P.Djalilovoy, L.M.Epifanovoy), T., 1996. Turg’un Fayziev