Muhammadvali g’ori

Muhammadvali g’ori -Andi- jon viloyati Xo’jaobod tumanidagi g’or. Chilustun tog’ining shim. yon bag’rida, 1085 m balandlikda joylashgan. Devon davriga mansub ohaktoshlarda hosil bo’lgan. G’orni birinchi bo’lib akad. D.I.Shcherbakov tekshirgan (1931). G’or og’zi shim.-Sharq tomon ochilgan (eni 1,6 m, bal. 2,5 m) . G’or shipi va devorlari kaltsiy mineralidan tashkil topgan hosilalar b-n qoplangan gumbazsimon xonadan boshlanadi (uz. 3 m, bal. 2,7). Un- dan ichkariga tomon bir qancha yo’laklar (uz. 3,5 m gacha, bal. 2 m gacha, eni 2,5 m gacha) davom etadi hamda yana 4 ta xona (uz. 3,5— 22 m, eni 2,5—4 m, bal. 1,7—5 m ) tutashgan. G’or sahni notekis, oxirida pasayib tor yoriqqa aylanadi. Bu qismida suv yig’ilib qolgan. G’orning umumiy uz. 57 m, mayd. 92 m2, hajmi 276 m3.